47
-texnologik jarayon o’zgarganda, bir uskuna o’rniga boshqa uskuna o’rnatilganda
va mehnat sharoiti o’zgartirilganda;
-sex bo’limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro’y berganda;
-ishlarni xavfsiz bajarish bo’yicha yangi qoida va yo’riqnomalarni ishchilar
diqqatiga yetkazish zarurati tug’ilgan hollarda;
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo’riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan
hollarda.
Navbatdan tashqari yo’riqnomada dastlabki yo’riqnomaning shu yo’riqnoma
o’tilishiga sabab bo’lgan qismigina ko’rib chiqiladi.
Bu yo’riqnoma ham dastlabki va davriy yo’riqnoma singari bevosita rahbar
(usta) tomonidan o’tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi
ko’rsatiladi [16].
Ishchilarni bilimini tekshirish. Dastlabki yo’riqnomadan va malaka
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga
o’tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo’yicha bilimlarini
tekshirish kerak bo’ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus
komissiya tuziladi va unga rais qilibssex boshliqlaridan biri belgilanadi. Zarurat
bo’lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar,
energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan
shahodotnoma beriladi.
Bilimlarni tekshirish yo’riqnoma dasturi asosidassex boshliqlari tomonidan
tuzilgan savollar yuzasidan o’tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari
turlarga bo’linadi.
Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib
turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi vassex boshlig’i tomonidan
tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o’zgarganda, yangi
mexanizm va uskunalar o’rnatilganda, yangi qoida, yo’riqnomalar tadbiq qilingan
|