Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/59
tarix31.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#113087
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
telekommunikatsiya tarmoqlarida xavfsizlikni taminlash masalasining dpi asosidagi yechimlari

50 

 

-mehnat  bitimlari,  ish  vaqti,  dam  olish  vaqti,  ayollar  mehnatini  muhofaza  qilish  va 

balog’at yoshiga yetmaganlar  mehnatini  muhofaza qilish.  Imtiyozlar  va to’lovlar; 

-jabrlanganlarga  dastlabki yordam ko’rsatish usullari. 

Imtihon  savollari  texnologik  jarayonning  o’ziga  xos  tomonlarini,  mutaxassis 

rahbarlarga  qo’yiladigan  malaka  talablari  va  mahalliy  sharoitlarni  hisobga  olgan 

holda tuzilib,  komissiya  raisi tomonidan tasdiqlanadi. 

Mehnat  muhofazasi  bo’yicha  bilimlarni  tekshirishning  quyidagi  turlari  belgilangan: 

dastlabki,  davriy,  navbatdan  tashqari.  Lavozimlarga  ishga  tushgan  kundan  boshlab 

bir  oy  o’tkazmay  tegishli  imtihon  komissiyasi  bilimlarini  tekshiruvdan  o’tkazishi 

kerak. Davriy  bilimlarni  tekshirish  kamida  uch yilda bir marta o’tkaziladi.   

Quyidagi  holatlarda  ushbu  nizomda  qayd  qilingan  rahbarlar  va  mutaxassislarning 

bilimlari  navbatdan tashqari tekshiriladi: 

-mehnat  muhofazasi  bo’yicha  yangi  yoki  qayta  ko’rib  chiqilgan  me’yoriy  hujjatlar 

amalga  kiritilganda; 

-yangi  texnologik  jarayonlar  yoki yangi  uskunalar  o’rnatilganda; 

-xodim  bilimini  mehnat  muhofazasidan  boyitish  talab  qilinadigan  yangi  ish  joyiga 

o’tkazilganda; 

-guruhiy  o’lim  yoki  nogironlik  bilan  tugagan  baxtsiz  hodisalar  sodir  bo’lganda 

hamda haloqat, portlash, yong’in va zaharlanish  hollari  ro’y berganda; 

-ishda bir yillik  uzilish  sodir bo’lganda; 

-Davlat  nazorat tashkilotlari  talablariga  ko’ra. 

Bilimlarni  navbatdan  tashqari  nazorat  qilish  ayrim  hujjatlar  chegarasida 

o’tkazilishi  mumkin.  Bu  hujjatlarning  ruyxatlari  yuqori  tashkilot  tomonidan 

belgilanadi.   

Bilimlarni  tekshirish  natijalari  bayonnoma  tarzida  rasmiylashtiriladi  va 

imtihon  komissiyasi  raisi  hamda  a’zolari  tomonidan  imzo  chekiladi.  Bu 

bayonnoma  olti  yildan  kam  bo’lmagan  muddatda  korxonaning  mehnat  muhofazasi 

yoki kadrlar bo’limida  saqlanadi. 

Ishlab  chiqarish  o’ta  xavfli bo’lgan korxona mutaxassis va rahbarlari mehnat 

muhofazasidan  imtihon  topshirganlarida  ularga  maxsus  shahadotnoma  beriladi. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin