51
Shahadotnomaga komissiya raisi (yoki uning muovini va a’zosi bo’lgan Mehnat
muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasining nazoratchisi imzo chekadi).
Bunday shahadotnomaning mavjudligi rahbar yoki mutaxassisni ushbu
Nizomning 28-bandida keltirilgan masalalar bo’yicha tekshiruvdan ozod qilmaydi.
Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta
topshirish sharti bilan o’z lavozimida qoldirilishi mumkin.
Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning
attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos emasligini ko’rib chiqish uchun
yuboriladi.
Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi
Davlat texnik inspeksiyasi yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va
o’tkazish korxona rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish
bo’limlari zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi mehnat muhofazasi Davlat texnik
inspeksiyasiga yuklanadi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshirilishidan bo’yin tovlagan
mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi.
|