Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
katta o’qituvchisi U.B.Alimov va assistenti Sh.B.Jo’raqulov tomonidan tayyorlangan
“Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmuasiga
TAQRIZ
Keyingi avlod konvergent tarmoqlariga o‘tish sabablari, tarmoqning tuzilish tamoyillari, qo‘llaniladigan xizmatlarining turiga satxlarda qo‘llaniladigan texnologiyalarni tanlay bilish, ularni texnikasidan samarali foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajriba darajasini ta’minlashdan iborat.
Talabalarga yangi avlod konvergent tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan xizmatlarning turlari va ularning asosiy vazifalari, yangi avlod konvergent tarmoqlari bo‘yicha axborotni uzatuvchi, mavjud bo‘lgan va kelgusidagi texnologiyalarni amalda tahlil qilish uchun bilimini mustahkamlash, shakllantirish, axborotni uzatishga asoslangan xolatlarini va prinsiplarini, fundamental tushunchalarini nazariy mustahkamlashdan iborat.
“Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilish prinsiplarini, ularning qurilmalarini, konfiguratsiyasini, sozlashni, multiservisli tarmoqlarning tuzilish prinsiplarini va rivojlanish istiqbollarini, bazaviy va amaliy dasturiy ta’minotni, ularni texnikasidan foydalanishni bilish kerak.
- keyingi avlod konvergent tarmoqlarida qo‘llaniladigan turli qurilmalar, texnologiyalarning ishini tahlil qila bilish, ularning xolatlari, kanal va traktlarning meyorlari, buzilishlarni o‘lchash va sozlash, signallarni qayta tiklash usullari shuningdek to‘laligicha asosiy nazariy savollarni tahlil qilish, multiservisli tarmoqlarning imkoniyatlarini aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua, “Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari” qurilmalarining tuzilishi, ishlash prinsiplari va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fani 300 000 – Ishlab chiqarish – texnik soha, 350000 – Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari va 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu o’quv uslubiy majmuma fanning o'quv dasturida keltirilgan mavzular asosida tavyorlangan.
Dostları ilə paylaş: |