O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Fizika – matematika fakulteti
Mehnat ta’limi kafedrasi
Mehnat ta’limi yo’nalishi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
Mavzu: Muxandistlik grafikasi fanini o`qitishda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib o`qitishning ahamiyati
Bajargan: - N. Temirbaeva
Ilmiy rahbar: - dots. B. Avezov
Kafedra mudiri: - dots. B. Avezov
NUKUS – 2013 yil
REJA
Kirish
I.BOB Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va ularni
darslarda foydalanish
1.1.Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va qo`’llanilishi
1.2. Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar
1.3. Mehnat ta`limi darslarida chizmashilik faniga oid tushunchalarni o`rgatishda
ko`rgazma darsidan foydalanish
II. BOB «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va
zamonaviy usullardan foydalanish metodikasi
2.1. Mehnat ta`limi yo`nalishida «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi»
fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish masalalari
2.2. Yangi pedagogik texnologiya metodlarining turlari
2.3. Muxandistlik grafikasi fanidan mashg`ulotlarni tashkil etish masalalari
2.4. Hayot faoliyati xavfsizligi
2.5. 1 soatlik dars reja konspektasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar bilan bir qatorda, ta`limni
modernizatsiya qilish yo`lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar
tayyoerlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma`naviy-ahloqiy
jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har
tamonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgan holda ta`lim
muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarning asosiy vazifalari sifatida
talabalarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim
o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat
ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishni va
kasb tanlashni shakllantirish kabi yo`nalishlarni belgilab berdi. Ijtimoiy rivojlanish,
birinshi navbatda, ta`lim sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
ularni jihozlash masalalari diqqat markazida bo`ladi. 2011-yilda davlat byudjeti
ta`lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash
jamg`armasining 367 milliard so`m miqdoridagi mablag` hisobidan joriy yilda 336
ta ta`lim muassasasini kapital ta`mirlash, qarayib 1500 ta komp`yuter sinfini
tashkil qilishni ta`minlash ko`zda tutilgan. oliy ta`lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasiniyanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o`quv, laboratoriya va
ilmiy uskunalar bilan jihozlash, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga
javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni
hayotga tatbiq etishdan iborat. (I. Karimov «Demokratik islohatlarni yanada
chuqurlashtirish
va
fuqoralik
jamiyatni
shakllantirish-mamlakatimiz
taraqqiyotining asosiy mezonlari № 19 tom «O`zbeksiton»NMIU 2011 y.)
Bugungi kunda ta`lim tizimini modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan
qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning
jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta`lim dasturlarini
o`zgartirib, yangilab borishni ko`zda tutadi.
Ilg`or pedagogik texnologiyalarni keng o`zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy
o`zgarishlar, chet el investitsiyalari ko`lamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va
xususiy biznesni rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta`limni fan va ishlab chiqarish
bilan integratsiyalashuvi, talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq
ravishda ta`limga tabaqalashtirilgan yondoshuvni joriy etilishi hamda ta`lim
berishning
ilg`or
pedagogik
texnologiyalarini,
zamonaviy
o`quv-uslubiy
majmualarni yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini
takomillashtirishga asos bo`lmoqda.
Ta`lim
muassasalarida
pedagogik
jarayonlarni
takomillashtirish
va
rivojlantirishga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida Mehnat ta`limi
bakalavriyat yo`nalishlarida muxandislik fanlarini o`qitish samaradorligini
oshirishga tizimli yondoshuv, professor-o`qituvchilarning boshqaruv faoliyatini va
hamkorlikda boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish zaruriyatini keltirish mumkin.
Mehnat ta`limi bakalavriat yo`nalishlarida muxandislik fanlarni o`qitishning
tashkiliy texnologiyalari, dolzarb masalalari qatoriga quyidagilarni kiritilishi
maqsadga muvafiq bo`ladi:
1.
Mehnat ta`limi bakalavriyat yo`nalishlari xususiyati va muxandislik
fanlarini o`qitish metodelogiyasi masalalari.
2.
Muxandislik fanlari mashg`ulotlarida innovatsion va interfaol
usullardan foydalanish.
3.
Mehnat
ta`limi
yo`nalishi
bo`yicha
bakalavrlar
tayyorlashda
konstruktor-texnologik tarbiya jarayonlarini tashkil etish.
4.
O`quv ustaxonalari va karxonalar bazasida malakaviy amaliyotlarini
tashkil etish muammolari.
5.
Iqtidorli talabalarning muxandislik fanlari bo`yicha ilmiy-tadqiqot
ishlarini tashkil etish.
Oliy ta`lim muassasasida pedagogik jarayonlarni tashkil eti shva boshqarishda
alohida qaratilishi zarur bo`lgan omillardan biri pedagogik jarayonlarda talabalar
faolligini
ta`minlash,
talabalarda
o`zini-o`zi
tarbiyalash
ko`nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish, ularning mustaqil ta`lim olishlari uchun zaruriy
shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek refleksiv ta`limiy muhitni hamda shaxsga
yo`naltirilgan ta`sir jarayonini tashkil etishdan iborat.
Pedagogik jarayonlarni talabalarning mustaqil olgan tushunchalari asosida
tashkil eti shva mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o`rgatish asosida tashkil
eti shva mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o`rgatish asosida faolligini
ta`minlash, shuningdek, ularda reflektsiya qobiliyatlarini shakllantirish, pedagogik
jarayonlar samaradorligin ta`minlashda talabalarning mustaqil ishlashi va mustaqil
o`rganishi uchun alohida topshiriqlar beri shva unda ularning boshlagg`ich
tushunchalari darajasini hamda moyilligin o`rganish, tahlil qilish va ob`ektiv
baholash, berilayotgan topshiriqlarni bajarishga ularda qiziqishlar shakllantirish,
talabalarning
ta`lim-tarbiyasiga
ota-onalar
va
professor-o`qituvchilarning
munosabatlari yo`nalishlarida ob`ektiv axborotlar to`plash va ularga asoslash
pelagogik jarayonlarni tashkil etig va boshqarishda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ta`lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil eti shva boshqarish
funktsiyalari bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya`ni pedagogik jarayon
sub`ektlariga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish,
muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, mazkur
jarayonni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazani yaratish va mustahkamlab
borish, Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish, yuqori
malakali mutaxassislar bilan ta`minlash kabi qator vazifalarni ham amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Bugingi kunda, barkamol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati
doirasiga ko`tarilgan bo`lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik
jarayon samaradorligini ta`minlash esa, umumiy o`rta ta`lim muassasasi rahbarlari,
o`qituvchilari, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa
mutaxassis xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish zaruriyatini belgilaydi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalarni ta`lim tizimiga qo`llashga oid bir qator
tadqiqotlar olib borilayotgani dolzarb masalalardan biri bo`lib kelmoqda.
Avvalo shaxsning individual xususiyati bilim olishga bo`lgan qiziqish, uning
hamma jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Insondagi ayrim hislatlarni, qobiliyatlarni
o`sishi ham ma`lum darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Qiziqish
kishining mehnat faoliyati uchun ham nihoyatda muhimdir. Chunki, u insonni
mehnat faoliyatiga rag`batlantiradi, uning g`ayratiga – g`ayrat qo`shib, tashabbus
ko`rsatishiga, faol harakat qilishga, ya`ni ijtimoiy faollikga, ijod etishga,
yangiliklar yaratishga yo`llanadi.Bu hislotlarni rivojlantirishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati ta`limda o`quvchilarga bilim
berish va shu bilimlarni to`liq o`zlashtirishga kafolat berishdir. Maktabda
pedagogik texnologiya asosida o`qitishda eng asosiy talab, o`quvchilarning hayotiy
tajribasi avval o`zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko`zda
tutadi.
Pedagogik-texnologiyalar mohiyat-e`tibori jihatidan boshqa texnologiyalar
bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalar qatori o`z xususiy sohasiga,
uslublari va vositalariga ega. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog`liq
bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo`lmagan
pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli
texnologiyalardan ajralib turadi.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda qo`llaniladigan vositalar
umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quydagi
turlarga ajratish mumkin:
Verbal, noverbal, vizual, studio, tabiiy, o`quv anjomlari hamda maktab
jihozlari. Ta`lim tizimini modernizatsiya qilish, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,
ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon
miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta`lim dasturlarini
o`zgartirib, yangilab borishni ko`zda tutadi.
Verbal vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular so`zlar bilan
ifodalanadigan axborotlar bo`lib, o`qituvchi shu axborot haqidagi bilimga ega
bo`lishi kerak. Zamonaviy ta`limni amalga oshirishning yana bir zarur sharti o`quv
fanlari bo`yicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot
texnologiyalarining tez va qo`lay foydalanish imkonini beruvchi sharoit
yaratishdan iborat.
Maktabda ta`lim jarayonining o`zidagi va o`qitish uslubiyotidagi har xil
kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat
uchun muhit shunga olib keladiki, o`quvchilarda mustaxil fikrlash rivojlanmay
qolib, natijada oqilona hayotiy echimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik
etishmaydi.
O`quvchilarning grafik savodxonligini oshirish shuning uchun hәm zarurki,
ilmiy texnika progressii shartlarida ob`ektlarning real xususiyatlariga ko`ra
abstraktsiyalashga har xil darajadagi grafikaviy metodlar bilan ish ko`rish
qobiliyatiga ega bo`lgan talaba va o`quvchilar kun sayin o`sib bormaqda. Shuning
uchun ham keyingi yillarda «inson va texnika» tizimida psixologlarning vizual
tafakkur jarayoniga pedagog va uslubiyotchilarning ta`lim jarayonida
informatsiyaning usul va uslubiyotlarning shakllanishi hamda shakllantirish
masalasiga qiziqish ortmoqda.
Ta`lim berishda o`zaro bog`liqlikni muvaffaqiyatli o`qitishning zaruriy sharti
hisoblanadi. U, ayniqsa, chizmashilik, mehnat, geometriya, rasm va fizikani
o`qitishda juda muhimdir. Chunki bu fanlarning birortasidan olingan bilim, o`quv
va malakalar boshqa fanlardan bevosita foydalaniladi. O`quvchi bilimlarni narsa va
hodisalarni bevosita kuzatish orqali, sezgilar vositasida bilib olishi zarur. Buni
Kamenskiy ta`limning oltin qoidasi deb atadi. Sezgilar vositasida mukammal idrok
qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq va mustahkam saqlanadi. Inson o`quv
axborotlarini ko`z va qulog`i yordamida qabul qiladi. Quloq 15500 ta sezgir
elementlarga, ko`z esa 126 million sezgir elementlarga ya`ni quloqqa nisbatan
8000 mart ko`p elementlarga ega ekan. Pedagog olimlarning ta`kidlashicha, agar
darslar so`z, tushuntirish orqali olib borilsa, -o`zlashtirish 10% ni, ko`rsatishi,
namoyish orqali tashkil etilsa, 59%, ta`lim jarayoni axborot texnologiyalari,
pedagogik texnologiyalar bilan o`quvchining shaxsiy ishtiroki, faolligida kechsa,
o`zlashtirish sifati va samaradorligi 90%ni tashkil etar ekan. Shuning uchun bu
malakaviy bitiruv ishida pedagogik texnologiya metodlarini muxandistlik grafika
fanida o`rganib uni maktablarda mehnat ta`limi darslarida keng foydalanilsa
maqsadga muvofiq bo`ladi deb uyladim va malakaviy bitiruv ishini yozishda
pedagogik texnologiyaning yuzaga kelishi, ularning turlari, ularni dars jarayonida
foyalanish metodlari, bir soatlik dars konspektalarida ko`rsatishga harakat qildim.
Bu malakaviy bitiruv ishimda keltirilgan ma`lumotlar ilmiy jihatdan olimlarimiz
tamonida sinab ko`rilgan va men o`zim № 38 maktabda pedagogik amaliyot
jarayonda qo`llanib o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishiga va bilim,
ko`nikma, malakaga ega bo`lishiga erishdim. Bu malakaviy bitiruv ishi maktab
o`qituvchilariga darslarni o`tkazish jarayonida foydalansa o`quv metodik
ko`rsatma xisobida yordam beradi deb o`ylayman.
Dostları ilə paylaş: |