Тема: мухандимтлик графикаси фанини ўҚитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиб ўҚитишнинг аҳамияти


 Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix26.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#135522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
4417968b-1de4-4e0e-9900-bfff24391ae2

1.2. Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar 
 
Kirish darslari odatda o`quv yili yoki choraklar boshida, yangi fan yoki uning 
bo`limlarini o`rganishga kirishishda o`tkaziladi. Moxiyatiga ko`ra bunday 
darslarda o`quvchilarga fan (yoki bo`lim) xaqida dastlabki ma`lumotlar beriladi, 
umumiy tushunchalar, tasavvur xosil qilinadi. Shu sababli bunday darslarni iloji 
boricha qiziqarli, o`quvchilarning e`tiborini tortadigan qilib o`tkazish maxsadga 
muvofixdir. Ayniqsa, birinchi mashqulotga tegishli kirish darsini o`tkazishga katta 
e`tibor qaratish zarur. Chunki o`quvchilar chinashilik darsi bilan muxandislik 
grafikasiga kirib keladilar. Shu sababli ularning qiziqishi boshqacha bo`ladi. Bu 
darsda, avvalo, o`quvchilarga chizmashilik ustaxonasida oldingi o`quvchilar 
tomonidan bajarilgan, tayyorlangan ish namunalarini ko`rsatish yaxshi natijalar 
beradi. Yangi o`quvchilar ham shunday ishlarni bajarishlari mumkinligini bilib 
sevinadilar, oldingi o`quvchilarga o`xshagilari keladi. 
Kirish darslari odatda o`qituvchi tomonidan xikoya, namoyish yoki 
illyustratsiya usullarini qo`llagan xolda olib boriladi. Ora-orada suxbat usulini 
qo`llash ham yaxshi natija beradi. Chunki bunda mavzuga oid o`quv materiallarini 
o`quvchilar tomonidan qanday o`zlashtirib borilayotganligi ham nazorat qilinadi, 
ham ularning o`zlashtirishlaridagi noaniqliklar tuzatiladi, kamchiliklar to`ldiriladi. 
Shuningdek mazkur darslarning saviyasini hamda o`quvchilarning dars (fan)ga 
bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish maxsadida ta`limning faol usullarini ham 
qo`llash mumkin. Bunday usullarga kichik ma`ruzalar, anjuman darsi, munozara 
darsi, interv`yu va boshka shu kabi usullarni kiritish mumkin. 
 Kichik ma`ruzalar
usulini qo`llash uchun o`qituvchi ayrim o`quvchilarga bir 
necha mavzu bo`yicha 3-5 minutlik ma`ruzalar tayyorlab kelishni topshiradi. 
Tayyorlangan ma`ruzalar darsda o`qib beriladi. O`qituvchi ularni umumlashtirib
darsning asosiy g’oyasi va maqsadini o`quvchilarga tushuntiradi hamda darsni 
yakunlaydi. Dars oxirida savol-javoblar o`tkaziladi. 
Anjuman darsini
tashkil etish va o`tkazish uchun o`qituvchi o`quvchilarga 
mavzuga oid ayrim o`quv materiallari bo`yicha ma`lumotlar yig’ib kelishni va 


ularni darsda aytib berish vazifasini topshiradi. Bunda o`quvchilar o`zlari mustaxil 
holda tayyorlab kelgan ma`lumotlarini ularga mos keluvchi kasb egalari nomidan 
bayon etadilar. 
Munozara
darslarini tashkil etish uchun o`qituvchi mavzuga mos keluvchi 
o`quv materiallari yuzasidan qiziqarli, muammoli savollar tuzadi. Bunday 
savollarga beriladigan javoblar o`quvchilar uchun mavxum bo`lmasligi va ular 
tomonidan oldin yaxshi o`zlaashtirib olingan bo`lmasligi kerak.
Interv`yu
darsini o`tkazish ham o`quvchilarda qiziqish uygotishi mumkin. 
Bunda bir o`quvchi muxbir, qolgan o`quvchilar esa taniqli kishilar timsolida 
chiqib, muxbir savollariga javob beradilar: o`zlari aks ettirayotgan soxalarda olib 
borilayotgan ishlar, erishilagan yutuqlar, oldinda turgan muammolar haqida gapirib 
beradilar.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin