Temperament



Yüklə 49,95 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü49,95 Kb.
#139797
  1   2   3   4   5   6   7
ASQARALIYEVA RAHIMAXON psixologiya


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI
II KURS 22.27 GURUH TALABASI
ASQARALIYEVA RAHIMAXONNING
PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: QOBILYAT VA UNING RIVOJLANISHI.SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI
Reja:
1.Qobiliyat haqida tushuncha.
2.Shaxs qobiliyatining talant, iste`dod, talant, mayllar va qiziqishlar bilan bog`liqligi haqida.
3.O`quvchilar qobiliyatini tashxis qilish haqida
4.Pedagogik qobiliyat va uning tarkibi haqida tushuncha.
5.Qobiliyatni tarkib toptirishga individual yondoshish masalalari haqida.
6.Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantiruvishda psixotreningni o`rni.

Qobiliyatlar o`zi nima? “qobiliyatlar” psixologiyada keng va anchadan beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Agar barcha tushunchalarni birlashtirib, mo``jaz klassifikastiyani faraz qiladigan bo`lsak, “qobiliyat” tushunchasi uzoq muddatning rivojlanish jarayonida yuzaga kelganiga amin bo`lamiz.


“Qobiliyatlar-inson ruhiyatining xususiyati bo`lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig`indisi sifatida tushuniladi”.
Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha asoschisi Xristian Volf (1679-1754) hisoblanib, uning nazariyasiga ko`ra barcha psixik xodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondashuvda muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi.
Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. Shuning uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi.
XVIII-XIX asrlarda “qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, malaka va ko`nikmalar yig`indisi bo`lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Yangi qarashlar yuzaga keladi”.
Ushbu tushuncha to`g`rimikan? Uning kamchiligi nimada?
Amaliyotda biz ma`lum qobiliyatga ega bo`lgan, lekin etarli bilimga ega bo`lmaganligi tufayli o`zini namoyon qila olmagan kishilarni bilamiz.
Yuqorida aytilgan fikrlarimizning dalili sifatida yosh V.Surikovni (rus rassomi) Sank Peterburg rassomchilik Akademiyastga o`qishga qabul qilinmaganida, u bir yilikona chizish ustaxonasida rassomchilik ko`nikmalarini egallaydi va kelasi yilgi xuddi o`sha imtihondan yiqitgan domlalar uni Akademiyaga o`qishga qabul qiladilar.
Albert Enshteyn o`rta maktabda o`qib yurganida o`rtacha o`quvchilardan bo`lib, uning genialligini namoyon qiluvchi hech narsa bo`lmagan.
Qobiliyatlar bilimlar, ko`nikmalarda emas, balki ularni egallashdinamikasida ya`ni bilim, ko`nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namoyon bo`ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi.
Va nihoyat, yana bir tushunchani ko`rib chiqasmiz. “qobiliyat-bu bilim ko`nikma va malakalarni namoyon bo`lishi emas, balki ularni tez o`zlashtirilishi va uni amaliyotda samarali qo`llanilishidir”.
Ushbu tushunchaning yangiligi va to`laligi nimada?
Ushbu tushunchada qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarga tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirish engilligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma`lum bir faoliyatni engil o`zlashtirishida va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda namoyon bo`ladi.
Shunday qilib, qarama-qarshiliklarni engish hamda haqiqatni izlash oqibatida olimlar quyidagi xulosaga keldilar. “qobiliyatlar shaxsning individual psixologik xususiyati bo`lib, unga bilimlar, ko`nikmalar va malakalarni o`zlashtirilishining to`liqligi, tezligi, engilligi, chuqurligi hamda turli faoliyatni o`zlashtirish va uni muvafaqqiyatli bajarishga bog`liqdir”. Bu tushunchani psixologiyasiga yirik Rossiya olimi B.M.Teplov (1896-1965) kiritgan bo`lib, u bugungi kunda keng tarqalgandir.
Yuqorida aytib o`tilganidek, B.M.Teplov qobiliyatlarining umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o`z xissasini qo`shgan B.M.Teplovning fikricha “qobiliyatlar” tushunchasi o`z ichiga 3 g`oyani qamrab oldi.
“Birinchidan. qobiliyatlar deganda-bir odamni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik xususiyatlar tushuniladi...”.
“Ikkinchidan qobiliyat deganda, har qanday individual psixologik xususiyatni emas, biror bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlovchi xususiyat tushuniladi”.
“Uchinchidan-“qobiliyatlar odamning bilimlari, ko`nikmalari va malakalariga tenglashtirilmasligi lozim”.
B.M.Teplovning fikricha qobiliyatlar doiiy rivojlanishdagina mavjud bo`lishi mumkin.
Rivojlanmagan, amaliyotda qo`llanilmaydigan qobiliyat vaqt o`tishi bilan yo`qoladi.
Endi zamonaviy psixologiyada qobiliyatlarning klassifikastiyasini ko`rib chiqamiz. Psixologiyada tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar ajratiladi. TABIIY QOBILIYATLAR-bu idrok, xotira, tafakkur va boshqa oddiy psixik jarayonida namoyon bo`lish qobiliyatidir. Ular inson va hayvonlarda tabiiydir. Insonda ijtimoiy muhitga moslasha olish qobiliyati mavjuddir. Bu umumiy va maxsus aqliy qobiliyatlar, nutq va mantiqdan foydalanganda, shaxslararo, predmetlararo munosabatlarda namoyon bo`ladi.

Yüklə 49,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin