«Kuch - adolatdadir» iborasining mazmun va mohiyati Amir Temur xizmatchilarini taqdirlashga alohida e’tibor bergan, u amirlar, vazirlar, sipoh hamda raiyatni taqdirlab, in’om va sovg‘alar berish yuzasidan quyidagi tuzuklarni belgilaydi: qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: birinchisi-fahrli xijob. Tug‘ va nog‘ora berib uni “bahodir” deb atasinlar. Ikkinchisi-uni davlat va saltanat sherigi bilib, kengash majlisiga kirgizsinlar. Uchinchisi-unga chegara viloyati topshirilsin va o‘sha yerlik amirlar unga bo‘ysinsinlar. Agar amirlardan qaysi birovi to‘rani (xon o‘g‘lini) yengsa yoki biron amirga shikast yetkazsa, yo biron o‘lkani mag‘lub etsa, uni yuqoridagi yo‘sinda mukofotlasinlar. Jangda o‘zini ko‘rsatib, qarshisidagi g‘anim lashkarini sindirgan bir amirning martabasini oshirsinlar19.
O‘nboshi, yuzboshi, mingboshilardan qaysi biri dushman safini buzib, o‘z qarshisidagi askar favjini sindirsa, o‘nboshi bo‘lsa shahar hokimligini bersinlar. Yuz boshi bo‘lsa, uni biron mamlakat hukmdori etsinlar.
Amirlardan qaysi biri g‘anim qo‘lidagi biron mamlakatni fath etib dushman tasarrufidan ozod qilsa shu mamlakatni uch yilga unga in’om tariqasida bersinlar qaysi bir asqar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida cho‘mok, qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamor turna bellik qilich va bir ot bersinlar, o‘nboshilik martabasiga ko‘tarsin-lar. Ikkinchi bor bahodirlik ko‘rsatsa yuzboshi martabasiga yetishadi.
Amir Temur shu tariqa amirlar vazirlar, sipohlar hamda raiyatning ko‘rsatgan bahodirligiga qarab taqdirlab, in’om sovg‘alar berishni joriy etgan.
"Tuzuk" yozish odati Amir Temurdan avval ham, keyin ham bo‘lgan. Bu asarlarda davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, xayri-sadaqa qilish tartib-qoidalari turli mansab egalarining vazifalari va unga amal qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va ko‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etiladi20. "Temur tuzuklari" ana shunday asarlardan biridir. "Temur tuzuklari" Amir Temur tarixi uning zamonida aniqrog‘i 1342-1405 yillar orasida Movarounnahrni ijtimoiy-siyosiy ahvoli Temur va temuriylar davlati hamda qo‘shining tuzilishi, o‘sha yillarda Temur davlatining qo‘shni mamlakatlar va xalqlari bilan bo‘lgan munosa-batlari haqida hikoya qiladi.
Temur davrida davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil et-gan, uning taqdirini esa uch narsa: podsho, xazina va askar hal qilgan Amir Temur o‘zining ulkan imperiyasini uluslarga bo‘lib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa uning tasarrufida bo‘lgan barcha viloyatlar va mamlakatlar to‘rt ulusga bo‘linib ularga Temurning o‘g‘illari hukmronlik qilgan.
“Tuzuklar”da vazirlar, amirlar va voliylar haqida ham muhim ma’lumotlar keltirilgan. Vazirlar deyiladi "Tuzuklar"da, saltanat ustunlaridir... Mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchli-gini sipoharning birligini, xazina boyligini doimo ko‘zda tutadi-lar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik, saltanatga zararli narsalarni qaytarishda molu-jonini ayamaydilar.