Termitlar turkumi



Yüklə 127 Kb.
səhifə1/10
tarix05.05.2023
ölçüsü127 Kb.
#126436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
termitlar turkumi


TERMITLAR TURKUMI

Reja:


  1. Hasharotlar xilma-xilligi: asosiy turkumlari va muxim vakillari.

  2. Termitlar (Isoptera) turkumi.

  3. Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi.

  4. To‘g‘ri qanotlilar (Phosmoptera) turkumi.

  5. Bitlar (Anoplura) turkumi.

  6. Qandalalar yoki yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumi.

  7. Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi.

  8. Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar.

  9. Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar.



Hasharotlar xilma-xilligi: asosiy turkumlari va muxim vakillari.
Suvaraklar (Blattodea) turkumi.
Suvaraklarning ko‘pincha yapaloqlashgan tanasi qalin xitin bilan qoplangan bo‘lib, qora jigar rang yoki qizg‘ish rangda yoki qizig‘ish rangda: cho‘ziq tangasimon yoki oval – tuxumsimon bo‘ladi. Yaxshi ajralgan va pastga yo‘nalgan boshida bir juft uzun – ko‘p bo‘g‘imli mo‘ylov, katta murakkab va kichkina sodda ko‘zlari hamda kavshovchi tipda tuzilgan og‘iz apparati joylashgan.
Oyoqlar yaxshi rivojlanib, tez yugurishga moslashgan; 8 – 10 bo‘g‘imli qorinchaning oxirida bir juft serkalar; erkagida 1 – 2 grifilka bo‘ladi. Qanot erkaklarida rivojlangan, urg‘ochisida faqat kalta po‘st qanot bo‘lib, ba’zi turlarida qanotlar butunlay yo‘qolgan.
Uylarda yashovchi qizg‘ich suvarak non va boshqa oziq qoldiqlari bilan ovqatlanadi. U turli kasallik mikroblari yoki parazit yumaloq chuvalchanglar (qilbosh, ostritsa) ning tuxumini tarqatib, inson salomatligiga katta ta’sir o‘tkazadi.
Afrika, Yevropa (jumladan Qrimda) va Avstraliyada tarqalgan qora suvarak yiriqroq (3 – 3,5 sm) sassiq hid tarqatadi, u ko‘p kasalliklar tarqatadi.
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan qora tangacha yoki toshbaqasimon suvarak tosh, kesak va eski devorlar orasida yashaydi. Yapaloqlashgan, 4 – 5 sm tanasi ovalsimon yoki doirasimon tuzilgan. U boshqa hamma suvaraklar singari tunda aktiv.
Qum tanachasi yuqoridagi turga o‘xshash tuzilgan, lekin u kemiruvchi hayvonlarning uyalarida yashaydi.
Suvarakning lichinkasi juda sekin rivojlanadi. Oddiy suvarak 3 – 4 oyda, qora tangachaning lichinkasi esa 3 – 4 yilda rivojlanib, voyaga yetadi.
Suvaraklar turkumiga 2500 dan ortiqroq turi mansub bo‘lib, bulardan 50 tacha Rossiyada, 22 turi esa O‘rta Osiyoda uchraydi.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin