Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


- ish: Qonning ivish vaqtini Li Uayt metodi bilan aniqlash



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə15/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Fiz. labaratoriya

1 - ish: Qonning ivish vaqtini Li Uayt metodi bilan aniqlash.
Toza buyum oynachalari ustiga bir tomchidan qon olib, ustini maxsus voronka bilan yopib qo’yiladi. Voronka ichiga namlangan fil’tr qog’oz yopishtirilgan bo’ladi. Har 10-20 sekund davomida qonning ivish vaqtini voronkani olib, buyum oynachasini qiyshaytirib, qon tomchisi shaklining o’zgarish - o’zgarmasligiga qarab, qonning iviganligi aniqlanadi.
2 - ish: Probirkalarda qonning ivish vaqtini aniqlash.
Probirkalarga yirik hayvonlar bo’yinturuq venasidan 2-3 mldan qon olinadi va 37-38 0 li suv hammomiga 45 0 qiyalikda qo’yiladi. Har 10-20 sekund davomida probirkalarni vertikal holatda ushlab qonning ivigan yoki ivimaganligi aniqlanadi.
Qon guruhlarini aniqlash
Organizm ko’p qon yo’qotganda, qonda gemoglobinning mikdori kamayganda, turli moddalardan zaharlanganida organizmning hayotini saqlab qolish uchun bir odamdan ikkinchi odamga qon guruhini bilmasdan to’g’ridan-to’g’ri qon qo’yish yaramaydi. CHunki bunday qon kuyish ko’ngilsiz hodisalar yuz berishiga va hatto qon quyilgan odamning halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Buning boisi shundaki, hamma odam yoki hayvonlarning qoni ham bir-biriga to’g’ri kelavermaydi. Qon quyilganda ko’ngilsiz hodisalar yuz bermasligi uchun qon guruhlarini va ularning xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega.
Qon eritrotsitlarda bo’ladigan agglyutinogenlar va plazmada bo’ladigan agglyutininlar xiliga qarab guruhlarga ajratiladi.
Agglyutinogenlar tabiatan oqsil, antigen moddalardir. Ular tegishli sharoitda bir-biriga yopishib qolish xususiyatiga ega. SHu sababli ular yopishuvchi moddalar deyiladi.
Agglyutininlar ham tabiatan oqsil moddalar qatoriga kiradi va ular yopishtirish xususiyatiga egadir. SHu sababli ular yopishtiruvchi moddalar deyiladi.
Quyilgan qon (donor) eritrotsitlarida tegishli agglyutinogen, qon olgan organizm (retsipient)ning qon plazmasida o’sha agglyutinogenga mos keladigan agglyutinin bo’lsa, eritrotsitlar bir-biriga yopishib, agglyutinatsiya ro’y beradi va retsipient og’ir ahvolga tushadi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin