Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə2/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Fiz. labaratoriya

Eritrotsitoz jismoniy ish paytida, qon quyulib kolganida, ko’p suv yo’qotilganida (ich ketish, hadeb qusaverish), ichak tiqilib qolganida va boshqa hollarda kuzatiladi.
Eritropeniya bo’g’ozlik davrida hayvon ozib-to’zib ketganida, kam qon bo’lib qolganida, eritrotsitlarning yemirilishi bilan birga davom etadigan kasalliklarda (piroplazmoz, nuttalioz, infektsion anemiya) va boshqalarda kuzatiladi.
Ayrim hollarda, turli kasalliklar paytida qonda hajmi, kattaligi va shakli o’zgargan eritrotsitlar uchrashi mumkin.
Anizotsitoz deb, qonda odatdagi eritrotsitlardan katta yoki kichik hajmdagi eritrotsitlarning uchrashiga aytiladi.
Poykilotsitoz deb, qonda shakli turli-tuman xilda o’zgargan eritro-tsitlarning uchrashiga aytiladi.
Bulardan tashkari eritrotsitlar soni hayvonlarning yoshi, jinsi, organizmning holati, yilning fasli va boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi. SHuning uchun eritrotsitlar sonini sanash va ularning qondagi miqdorini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Tomirlardagi oqayotgan qon eritrotsitlari kavsh qaytaruvchi hayvon-larda va cho’chqalarda 1-1,5 oy, boshqa hayvonlarda esa 120 kun atrofida yashaydi. Umri bitgan eritrotsitlar jigar va taloqda parchalanadi.
Ishni bajarish tartibi. Qon olinadigan joyning juni kalta qilib olinadi. Teri avval spirt, keyin esa efir bilan artiladi. Unga igna sanchiladi. CHiqqan birinchi qon tomchisi paxta bilan artib tashlanadi. Ikkinchi qon tomchisidan esa melanjerning 0,5 belgisigacha qon so’rib olinadi. Qonni olib bo’lgandan keyin igna sanchilgan joy spirt bilan artiladi yoki unga yod eritmasi surtib qo’yiladi.
Tezda melanjerning 101 belgisigacha 3%-li osh tuzi eritmasidan oli-nadi. Qon 200 marta suyultiriladi. So’ngra melanjer uchlarini o’ng qo’lning bosh va o’rta barmoqlari bilan qisib, tekis harakatlantirib, qon suyuqlik bilan aralashtiriladi. Melanjerni chayqatib bo’lgandan keyin, undan 2-3 tomchi suyuqlik paxtaga tushiriladi. Sanoq kamerasini olib, ustiga qopla-g’ich oynani yopib, n’yuton halkalari (kamalak) paydo bo’lguncha ishqalab, bekitiladi.
Mikroskopni ish holatiga keltirib, stolchasiga sanoq kamerasi o’rna-tiladi, oldin kichik (20) ob’ektiv, keyin esa katta (40) ob’ektiv ostida kamera to’rini topib, katta va kichik kvadratlarning qanday joylashgani bilan tanishib chiqiladi. Tubusni ko’tarib, kamera o’rta plastinkasining bo’sh chetiga melanjerdan bir tomchi tomiziladi. Kapillyar xususiyatiga ko’ra, tomchi qoplag’ich oyna tagiga oqib kiradi. Kamera to’rida havo pufak-chalari bo’lishiga, shuningdek, oyna ustiga qon tushib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki bu sanoqning aniq chiqishiga xalal beradi.
Eritrotsitlar har qaysisi 16 ta kichik kvadratga bo’lingan 5 ta katta kvadratlarda (5x16=80 ta kichik kvadratlarda) sanaladi. Har bir kichik kvadratda topilgan eritrotsitlar miqdorining soni, ular qanday tartibda hisoblab chiqilgan bo’lsa, xuddi shu tartibda yozib boriladi.
Sanoq tugagandan keyin quyidagi formulaga muvofiq 1 mm3 qondagi eritrotsitlar soni aniqlanadi:

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin