Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


-ish. Klod Bernar tajribasi



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə21/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Fiz. labaratoriya

1-ish. Klod Bernar tajribasi.
Quyon qorni yuqoriga qaratilib, taxtachaga maxkamlanadi. Qon tomiriga 3-5 ml 40% li uretan yuboriladi. Bo’yin qismidagi juni olinadi. Quyon uxlagandan keyin o’rta yo’l orqali bo’yin terisi kesiladi.
Mushaklari yorilib, traxeyadagi qon tomir topiladi. Bu tutamda uyqu arteriyasi, sayyoh simpatik va qon tomirlarni kengaytiruvchi (depressor) asab joylashgan. SHu tutamda ko’kish - oq rangli simpatik asab tolasi mushaklar ichiga tushirilib, jarohat tikiladi. Asab bog’langan ip yuqorida qolishi kerak. Tikilgan joyga yod surtilib, quyon qafasga solib qo’yiladi. 30-60 daqiqadan keyin quyon quloqlarining rangi va harorati tekshiriladi. Simpatik asab tolasi kesilgan tomondagi quloq qizil tusini oladi, uning qon tomirlari esa kengayadi. Quloqlarning harorati tekshiriladi va farqi aniqlanadi. Simpatik asab tolasi bog’langan ip asta-sekinlik bilan tortilib, elektr toki bilan ta’sirlanadi. Elektr toki yordamida qitiqlaganda qon tomirlar torayadi, quloq oqaradi.
So’lak fermentlari ta’sirida kraxmalning gidrolizlanishi
Og’izda oziqalarning hazmlanishida so’lakning ahamiyati kattadir. So’lakni, asosan, uch juft bez ishlab chikaradi:

  1. Qulok oldi bezi.

  2. Til osti bezi.

  3. Jag’ osti bezi.

Bulardan tashqari, so’lak hosil bo’lishida kam darajada bo’lsa ham og’iz
devorida, til ildizida, tomokda joylashgan mayda qo’shimcha bezchalar va ayrim qadoqsimon hujayralar ham ishtirok etadi.
Quloq oldi so’lak bezi seroz hujayralardan tuzilgan bo’lsa, jag’ osti va til osti so’lak bezlari seroz va shilliq hujayralardan tashkil topgandir. SHu tufayli quloq oldi so’lak bezi tarkibida oqsil bo’ladigan suvsimon suyuqlik ajratadi, til osti va jag’ osti so’lak bezlari esa, mutsin degan shilimshiqli suyuqlik ajratadi.
So’lak - rangsiz, shilimshiqli va yopishqoq suyuqlik. So’lakning tarkibi hayvonlarning turiga, oziqlanishiga, yashash sharoiti va boshqa omillarga bog’liq bo’lsa-da, odatda unda o’rtacha 99,0 - 99,4 % suv hamda 0,6 - 1,0 % atrofida organik va anorganik moddalar saqlanadi. So’lakda mineral moddalardan: xloridlar, sul’fatlar, karbonatlar, kal’tsiy, kaliy va boshqa-lar bor. Organik moddalardan esa amilaza, mal’taza, lizotsim fermentlari, yopishqoq modda, glyukopolisaxarid - mutsin, shuningdek, almashinuv mahsulotlari - mochevina, ammiak, karbonat angidrid va boshqalar uchraydi.
So’lakda amilolitik fermentlar juda kam. Uning tarkibida uchraydigan amilaza kraxmalni mal’tozagacha, mal’taza esa mal’tozani glyukozagacha parchalaydi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin