Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə28/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Fiz. labaratoriya

Oqsillar - ichak devori orqali asosan aminokislotalarga parchalangandan so’ng so’riladi.
Uglevodlar - monosaxaridlar holida, ya’ni glyukoza, fruktoza, mannoza, galaktoza hollarida so’riladi.
Yog’lar - yog’ kislotalari va glitseringa parchalanib so’riladi.
Yo’g’on ichaklarda hazm jarayonlari tugallanadi, bu yerda suv jadal so’rilib axlat shakllanadi.
So’rilish jarayoni neyrogumoral yo’llar orqali boshqariladi.
Simpatik nerv sistemasi so’rilishni susaytiradi. Parasimpatik nerv sistemasi so’rilishni kuchaytiradi.
So’rilish jarayoniga turli gumoral omillar (o’t kislotalari, buyrak usti, me’da osti, qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlarining, gipofiz orqa qismining gormonlari, S va V guruhi vitaminlari) ham ta’sir qiladi.
Masalan, buyrak usti bezlarini olib tashlasak, uglevod va lipidlarning so’rilishi izdan chiqadi. V guruhi vitaminlari uglevodlarning, S vitamini temirning so’rilishiga ta’sir qiladi.
1-ish. Jonli biologik membranadan moddalarning bir tomonlama o’tkazilishini o’rganish.
1. Avvalo baqa harakatsizlantiriladi va uning ikki oyog’i terisidan ikkita "teri xalta" tayyorlanadi.
2. Bu xaltalardan bittasining ich tomonini tashqariga qilib ag’dariladi. Ikkala "xalta" ham fiziologik eritma bilan chayqaladi.
3. Ikkalasi ham 10 mm diametrga ega bo’lgan shisha naychalarga kiygizilib, mahkamlanadi.
4. Ikkalasiga ham fiziologik eritma solib, to’ldiriladi va ularning germetikligiga ishonch hosil qilinadi.
5. Keyin eritmalar to’kilib, uning o’rniga bir xil ustunga ega bo’lgan 0,5% li metil ko’ki yoki neytral qizil ranglar bilan to’ldiriladi.
6. Bu "xalta"lar alohida-alohida bir xil fiziologik eritma quyilgan stakanlarga tushiriladi va shtativga qisqichlar bilan mahkamlanadi.
7. Tajriba 20-22 haroratda 1-1,5 soat davomida kuzatiladi.
8. Ana shu vaqtdan so’ng, "xalta"larni stakanlardan olib, stakanlardagi eritmalarning rangi bir-biriga taqqoslanadi va FEKda kalorimetrlanadi.
9. Olingan natijalarni qayd etib, xulosa qilinadi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin