A . 4000 . v
X = -------------
b
Bu yerda:
X - 1 mm3 qondagi leykotsitlar mikdori.
A - sanalgan leykotsitlar mikdori
b - leykotsitlar sanalgan kichik kvadratlar soni
v – qonni suyultirish darajasi
4000 - bitta kichik kvadratchaning hajmi (20x20x10)
Olingan natijani m’yoriy ko’rsatgichlarga solishtirib, xulosa qilinadi.
Leykotsitar formula (leykogramma) deb, qondagi leykotsit turlari-ning bir-biriga nisbatan foiz (%) hisobidagi nisbatiga aytiladi.
Qondagi leykotsit turlarining miqdori hayvonning yoshi, zoti, jinsi, konstitutsiyasi va boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi.
SHuning uchun leykotsitar formulani aniqlash veterinariya amaliyotida katta ahamiyatga ega. Leykotsitar formulani aniqlashda quyidagi jadvalda berilgan donali va donasiz leykotsit turlarining me’yoriy ko’rsatkichlarini bilish va ularni aniqlangan leykotsit turlari bilan taqqoslab, taxlil qilib, xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir.
LEYKOTSITAR FORMULA.
Hayvon
Turi
|
Bazofil
|
Eozinofil
|
Yosh
|
Tayoqcha
|
Segment
|
Limfotsit
|
Monotsit
|
Ot
|
0,1-1,2
|
2,6-6,5
|
|
0,9-1,5
|
4,0-55
|
30-51
|
0,1-4
|
Qoramol
|
0-1,5
|
3-10
|
|
3-10
|
10-30
|
40-77
|
4-10
|
Quy
|
0-0,8
|
2-8
|
|
0,4-2
|
27-41
|
27-41
|
1,6-6
|
Echki
|
0-2
|
2-7
|
|
0,5-4
|
21-57
|
32-68
|
2,5-6
|
Tuya
|
0-1,2
|
1,5-10,5
|
|
8-17
|
29-47
|
31-49
|
1,5-4,5
|
CHo’chqa
|
0,2-2,4
|
0-6,0
|
0,4-2
|
1-7
|
18-60
|
28-65
|
0-4,5
|
It
|
0,4-1,6
|
0-9
|
|
|
45-75
|
10-40
|
4-10
|
Quyon
|
1-8
|
0,5-1,2
|
0,5
|
0,5-4,2
|
14-47
|
39-83
|
1-5
|
Tovuq
|
1,5-5
|
0-25,5
|
|
1,0
|
14-33
|
34-82
|
3-9,5
|
Leykotsitar formula tayyorlangan qon surtmasidagi leykotsit turlari-
ni farqlab, sanash yo’li bilan aniqlanadi.
Ish: Leykotsitar formulani aniqlash.
Leykotsitar formulani aniqlash uchun tayyorlangan qon surtmasining bir chetiga immersiya yog’idan tomiziladi va mikroskopning 90-ob’ekti ostida leykotsitlarning har xil turlaridan 100 yoki 200 tasi sanaladi.
Leykotsitlarni tez va to’g’ri sanashning muhim sharti tanlangan usulga qat’iy amal qilishdir.
Leykotsit turlari quyidagi usullar bilan sanaladi:
To’rt maydon usuli.
Filipchenko usuli.
Surtmaning o’rtasidan sanash usuli.
To’rt maydon usulida leykotsit turlari surtmaning to’rt qismidan:bir-
biriga qarama-qarshi turgan yuqori qismidan ikki maydonda va pastki qismidan ikki maydonda sanaladi. Har bir maydonda 25 tadan yoki 50 tadan, jami 100 yoki 200 ta leykotsit turlaridan sanab chiqiladi.
Filipchenko usulida qon surtmasi uchga: boshlang’ich, o’rta va oxirgi qismlarga bo’linadi. Surtmaning boshlang’ich qismidan 35 yoki 70 ta, o’rta qismidan ham 35 yoki 70 ta, oxirgi qismidan esa 30 yoki 60 tadan, jami 100 yoki 200 ta leykotsit turlaridan sanab chiqiladi.
Surtmaning o’rtasidan sanash usuli qulay bo’lib,unda leykotsit turlari qon surtmasining o’rtasidan ko’ndalangiga qarab sanab boriladi. Bu usulda ham 100 yoki 200 ta leykotsit turlaridan sanaladi.
Barcha usullarda sanash "P" harfi shaklida, konvert usulida olib boriladi.
Leykotsitar formulada 100 ta hujayra sanalgan bo’lsa, har bir gorizontal qatorning yig’indisi foiz (%)ni bildiradi. 200 ta hujayra sanalganda yig’indini 2 ga bo’lish yo’li bilan foiz(%) nisbati aniqlanadi.
Leykotsit turlarini maxsus hisoblash asboblari(mashinalari)da sanab chiqish mumkin. Bunday mashina leykotsit turlarini bir vaqtda jamlab boradi va kerakli ma’lumotlarni beradi. Hisoblash mashinasi oddiy bo’lib, uning ishlash jarayonini o’rganib olish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Olingan natijalar tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.
Gemoglobin miqdorini aniqlash
Gemoglobin murakkab tuzilgan oqsil-xromoproteiddir. Molekula og’irligi 70000 ga teng. Eritrotsitlarning kislorodni o’ziga biriktirib tashish xususiyati ularning tarkibidagi gemoglobin moddasiga bog’liq.
Gemoglobinning tarkibi 96% globin degan oqsil va shu oqsil bilan gistidin bog’ orqali bog’langan 4% gem (rangli modda) pigmentdan iborat-dir.
Turli hayvonlar gemoglobinining tarkibidagi globin oqsilini ami-nokislotalar tarkibi turlicha bo’ladi. SHuning uchun ham turli hayvon-larning gemoglobini o’zaro farq qiladi. Gemoglobinning faol (prostetik) guruhi - gem esa barcha hayvonlar uchun asosan bir xildir.
Gem ikki valentli temir atomi bilan birikkan to’rtta pirrol halqa-sidan tashkil topgan. Bu halkalarning ikkitasi kislotali, ikkitasi ishqo-riy xususiyatga ega. Gemdagi temir atomi gemni globin bilan biriktiradi.
Dostları ilə paylaş: |