Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Eritrotsitlarni cho’kish tezligini aniqlash



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə8/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Fiz. labaratoriya

Eritrotsitlarni cho’kish tezligini aniqlash
Stabillashtirilgan, ya’ni antikoagulyantlar qo’shilgan qonni biror idishga solib tik turgizib qo’yilsa, unda eritrotsitlarning cho’kishi kuzatiladi. Eritrotsitlarning cho’kishi asosan quyidagilarga bog’likdir:
1.Eritrotsitlarning solishtirma ogirligiga.
Qonning solishtirma og’irligi 1,050 - 1,060, plazmaning solishtirma og’irligi 1,025 - 1,30 va eritrotsitlarning solishtirma og’irligi 1,085-1,090 ga teng.
2.Eritrotsitlarning agglyutinatsiyaga uchrashiga.
Plazmadagi oqsil va kal’tsiy ionlari tik turgan idish ichidagi eritrotsitlar zaryadini o’zgartiradi va ularning bir-biriga yopishishiga olib keladi. Natijada eritrotsitlarning solishtirma og’irligi yanada oshadi.
ECHT quyidagi omillar ta’sirida tezlashadi:
1. Qonda kislorod ko’payganda.
2. Qonda globulinlar ko’payganda.
3. Qonda eritrotsitlar kamayganda.
4. Qonning yopishqoqligi pasayganda.
ECHT quyidagi omillar ta’sirida sekinlashadi:
1. Qonda karbonat angidrid ko’payganda
2. Qonda al’buminlar ko’payganda
3. Qonda eritrotsitlar ko’payganda
4. Qonning yopishqoqligi oshganda
Barcha hayvonlar eritrotsitlarning cho’kish tezligiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
1. Eritrotsitlari tez cho’kadigan hayvonlar (ot, eshak, cho’chqa)
2. Eritrotsitlari sekin cho’kadigan hayvonlar (quyon va kavshovchi
hayvonlar).
ECHTni aniqlash organizm holatini bilish uchun katta ahamiyatga ega.
Eritrotsitlari tez cho’kadigan hayvonlarda ECHT Nevedov eritrosediometrida (probirkasida) aniqlanadi.
Eritrotsitlari sekin cho’kadigan hayvonlarda esa Panchenkov asbobida aniqlanadi.
Vaqt Hayvonlar turi va ularda eritrotsitlarning cho’kish tezligi mm


Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin