O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARI FIZIOLOGIYASI FANI BO‘YICHA
Labaratoriya mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi: 400000 - Qishloq va suv xo’jaligi
Ta’lim sohasi: 410000 - Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi
Ta’lim yo’nalishlari: 60811500- Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) sirtqi.
TERMIZ-2023 1-Laboratotiya mavzusi: Eritrotsitlar va leykotsitlar sonini sanash. Leykotsitar formulani aniqlash. Gemoglobin miqdorini aniqlash. Eritrotsitlarni cho’kish teligini aniqlash.
Darsning maqsadi: Eritrotsitlarning tuzilishi, tarkibi, vazifasi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lish; hayvonlar qonidagi eritrotsitlar sonini sanashni va miqdorini aniqlashni o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar: 1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari.
2. Reaktivlar: spirt, efir, yod eritmasi, 3%-li osh tuzi eritmasi.
3. Jihozlar: qaychi, qon olish uchun igna, paxta, melanjer, Goryaev sanoq kamerasi, qoplovchi oynalar, mikroskop.
Adabiyotlar: R.X.Xaitov, B.Z.Zaripov, Z.T.Rajamurodov «Hayvonlar fiziologisiya» Toshkent, «O’qituvchi», 2005 yil 3-16 betlar.
V.Xusainova, Z.Toshpo’latov «Qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi» Toshkent «O’zbekiston» 1994 yil 180-198 betlar.
D.E.Eshimov, R.F.Ro’ziqulov “Hayvonlar fiziologiyasi fanidan” amaliy labaratoriya mashg’ulotlari. Toshkent “Ilm-Ziyo” 2012 yil.
Barcha chorvachilik tarmoqlariga tegishli «Qo’ychilik, qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik va hakozo» adabiyotlar, jurnallar, maqolalar
Eritrotsitlar - aksariyat issiq qonli hayvonlarda disksimon, tuya va lamalarda esa oval shaklida bo’ladigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya, reptiliya, baliqlar va qushlarda yadroli, oval shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik hayvonlari qonidagi eritrotsitlarning o’rtacha diametri 4-7 mikronga teng.
Tarkibida 60% suv va 40% quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining 90%ini gemoglobin, 5,8% ini oqsillar, qolgan qismini esa lipoidlar, glyukoza, mineral tuzlar tashkil qiladi. Eritrotsitlarda katalaza, karboangidraza kabi fermentlar bor.
Eritrotsitlar organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega bo’lgan hu-jayralardir. CHunki ular o’z tarkibidagi gemoglobinga kislorodni birik-tirib olib, organizmdagi hamma organ va to’qimalarga tashib beradi.
Eritrotsitlar kislorodni tashishdan tashqari karbonat angidrid va ayrim oziqa moddalarni (masalan: aminokislotalarni) ham tashiy oladi.
Eritrotsitlar ari uyasiga o’xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin esa ana shu katakchalarda joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang bag’ish-laydi. Ularning qizil qon hujayralari deb atalishiga ham sabab shu.
Qonda eritrotsitlar ko’p bo’lganligi uchun eritrotsitlari sanalayotgan qon tegishli ravishda 100-200 marta suyultiradi. So’ngra 1 mm3 hajm qon-dagi eritrotsitlarning miqdori millionlarda hisoblanadi.
Hayvonlar va parrandalarning 1 mm3 qonidagi eritrotsitlar miqdori (million hisobida):
Qoramol - 6,5 Tuya - 13,0
Qo’y - 9,5 Quyon - 6,0
Echki - 15,0 Tovuq - 3,5
CHo’chqa - 6,5 O’rdak - 3,8
Ot - 7,0 It - 6,5
Qonda eritrotsitlarning ko’payib ketishiga eritrotsitoz, kamayib ketishiga esa eritropeniya deyiladi.