Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Agglyutinogen va agglyutininlarning bir necha xili bor



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə16/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Fiz. labaratoriya

Agglyutinogen va agglyutininlarning bir necha xili bor.
Odam eritrotsitlarida asosan ikki xil agglyutinogen, ya’ni agglyutinogen A va agglyutinogen V, qon plazmasida esa shunga yarasha agglyutinin a va agglyutinin topilgan.
Ana shu agglyutinogenlarning qaysi biri eritrotsitlarda va agglyutininlarning qaysi biri plazmada bo’lishiga qarab, odamlar qoni 4 guruhga ajratiladi. Bu guruhlarning har qaysisi quyidagicha ifodalanadi.
I(0) guruh - qonining plazmasida agglyutininlarning har ikkalasi (a, v) ham bo’ladi-yu, lekin eritrotsitlarida esa agglyutinogenlarning hech biri bo’lmaydi.
II(A) guruh - qonining eritrotsitlarida A agglyutinogen, plazmasida esa v agglyutinin bo’ladi.
III(V) guruh - qonining eritrotsitlarida V agglyutinogen, plazmasida esa a agglyutinin bo’ladi.
IV(AV) guruh - qonining eritrotsitlarida har ikkala AV agglyutinogen bo’ladi, plazmasida esa hech qanday agglyutinin bo’lmaydi.
1 - guruh qoni odamlarning 40%
2 - guruh 39%
3 - guruh 15%
4 - guruh 6% ni tashkil qiladi.
Qon quyish paytida asosan agglyutinogenlarga ahamiyat beriladi. CHunki quyilayotgan qon eritrotsitlarining agglyutinogeniga, qon olayotgan kishi plazmasining agglyutinini mos kelsa, bu vaqtda quyilgan qonning eritrotsitlari darhol bir-biriga yopishib, agglyutinatsiyaga uchraydi. Aks holda esa bu hodisa kuzatilmaydi.
1- guruh qonining eritrotsitlarida hech qanday agglyutinogenlar bo’lmagani uchun uni o’z guruhiga va boshqa hamma guruhlarga quyish mumkin. Ammo qoni shu guruhga kiradigan odamlarga o’z guruhidan tashqari boshqa hech qaysi guruhdan qon quyib bo’lmaydi.
2-3 - guruhlar o’z guruhlariga va 4 guruhga, 4- guruh esa faqat o’z guruhiga quyishi mumkin.
Qon guruhini belgilashda asosan agglyutinogenlar hisobga olinadigan bo’lgani uchun, A va V agglyutinogenlar asosida ajratilgan qonning 4 guruhi - qon guruhlarining AVO sistemasi deb yuritiladi.
Keyingi tekshirishlar tufayli bu agglyutinogenlardan tashqari boshqa agglyutinogenlar (A1,A2, M, N, R, N va Rh) borligi ham aniqlandi. Ammo bu agglyutinogenlardan Rh agglyutinogenni aytmasa, qolganlari deyarli ahamiyatga ega emas.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin