2 - ish: Rezus - omilni aniqlash (ekspress usul). 1. Tekshiriladigan qon tomchisini probirkaga tomizing.
2. Yetarli kattalikdagi va bir guruhdagi antirezus zardobini pipetka yordamida tomizing.
3. Antirezus zardobini qon bilan toza shisha tayoqcha yordamida aralashtiring.
4. Probirkani suvli hammomga qo’ying.
5. 10-12 minutdan so’ng suvli hammomdan probirkani olib, agglyutinatsiya borligini aniqlab, oq buyum yordamida tomchini yorug’likda
Yurak faoliyatini gumoral boshqarilishi Yurak faoliyatiga nerv sistemasidan tashqari gumoral omillar, ya’ni qon bilan tashiladigan turli biologik faol moddalar ham ta’sir ko’rsatadi.
Yurak faoliyatiga gumoral omillar 2 xil ta’sir qiladi:
1. Musbat ta’sir qiladi, ya’ni yurak ishini tezlashtiradi.
2. Manfiy ta’sir qiladi, ya’ni yurak ishini sekinlashtiradi.
Ba’zilari to’xtatib ham qo’yishi mumkin.
Yurak faoliyatiga musbat ta’sir etuvchi gumoral omillarga quyidagilar kiradi:
1. Adrenalin - buyrak usti bezlarining mag’iz qavatidan ajraladigan
gormon.
2. Tiroksin - kalqonsimon bez gormoni.
3. Triyodtironin - kalqonsimon bez gormoni.
4.Simpatin-simpatik nerv qo’zg’alganda ajraladigan modda, mediator.
5. Qondagi kal’tsiy ionlari. Yurak faoliyatiga manfiy ta’sir etuvchi gumoral omillarga quyidagilar kiradi:
1. Atsetilxolin-adashgan nerv qo’zg’alganda ajraladigan modda, mediator.
2. Qondagi kaliy ionlari. 3. O’t suyuqligi va boshqa moddalar.
Simpatin va atsetilxolin yurak ishiga juda qisqa muddat ta’sir qiladi. CHunki simpatin aminoksidaza, atsetilxolin esa xolinesteraza fermentlari ta’sirida tez parchalanib ketadi.
1 - ish. Yurak faoliyatiga kimyoviy moddalar ta’siri. Baqani orqa miyasiga igna sanchib harakatsizlantiramiz. Keyin ko’krak qafasi ochiladi, yurak xaltasi kesiladi, ammo yurak tizginini kesmaymiz. Aorta tagidan ip o’tkazib, mahkam bog’lanadi. Ikkinchi ipni ham aorta tagidan o’tkazib, aorta devorining uchi o’tkir kichkina qorinchasiga sekin o’tsin, uning teshigiga qon laxtasi kirib qolsa, ingichka sim bilan tozalanib, fiziologik eritma erkin kirib chiqaversin.
Kanyulyaning ikkinchi uchini ochiq qoldiramiz. Yurakning venasini ham bog’laymiz, keyin yurakni sekin tanadan uzib olamiz. Iloji boricha sinusdan pastroqdan kesish kerak. Kanyulyaning ochiq tomonidan adrenalin, atsetilxolin, Sa, K (3-4 tomchi) tomizib, yurak urishining sonini 1 minut davomida sanaymiz.
Olingan natijalarni jadvalga yozamiz va xulosa chiqaramiz.