Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Laboratoriya hayvoni: quyon.
2. Reaktivlar: : 5- % li yod eritmasi, 40%-li uretan.
3. Jihozlar: skal’pel, pintset, kaychi, shprits 5 ml, igna, paxta.
Qon tomirlari devorining aksariyat qismini silliq muskullar tashkil qiladi. Tomirlar devori bir maromda kelib turadigan uzluksiz ta’sirlar ostida doimo bir qadar qo’zg’algan holda, ma’lum tonusda turadi.
Tomirlar tonusining me’yoridan ortiq pasayishi ularning kengayishiga, kuchayishi esa torayishiga olib keladi. Tomirlar tonusini markaziy nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nerv tolalari orqali boshqarib boradi.
Tomirlar tonusini oshiruvchi, tomirlarni toraytiruvchi nervlarga vazokonstriktorlar deyiladi va ular simpatik nerv sistemasiga taalluqli tolalardir. Ammo yurak toj tomirlari, miya tomirlarini boshqaruvchi nervlar bundan istisno. Chunki simpatik nerv tolalari qo’zg’alganda bu tomirlarning devori kengayadi.
Tomirlar tonusini pasaytiruvchi, tomirlarni kengaytiruvchi nervlarga vazodilyatatorlar deyiladi. Bu nerv tolalarining ayrimlari parasimpatik nerv sistemasiga taalluqli bo’lsada, aksariyat qismi simpatik nerv sistemasi stvoli tarkibida keladi.
Simpatik nerv sistemasining tomirlarni toraytirib boshqarish xususiyatini dastlab, 1842 yilda A.P.Val’ter isbotlagan edi. U baqa quymich nervining simpatik tolasini kesganda, oyoq qon tomirlarining kengayganligini kuzatgan.
Keyinchalik A.P.Valterning tajribasini Klod Bernar 1852 yilda quyonlarda o’tkazgan tajribasi bilan tasdiqladi. Klod Bernar quyonning bo’ynidagi simpatik nerv tolasi kesilganda quloq suprasi tomirlarining kengayganligini, kesilgan nerv tolasining quloqga yo’nalgan uchi ta’sirlanganda esa, quloq tomirlarining torayganligini kuzatdi. Bora-bora simpatik nerv sistemasining bunday xususiyati organizmning boshqa qismlaridagi qon tomirlarga ham xos ekanligi isbotlandi.
Tomirlar tonusini boshqaradigan asosiy markaz uzunchoq miyada joylashgan. Bu markaz 1871 yilda F.V.Ovsyannikov tomonidan aniqlangan. Tomirlar tonusini boshqaradigan markaz ikki qismdan: tomirlarni toraytiruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi qismlardan tashkil topgan.
Uzunchok miyadagi markaz arteriya qon tomirlari bilan bir vaqtda vena tomirlarining sig’imini ham boshqaradi va simpatik nerv tolalari orqali ularga kengaytiruvchi impulslar yuboradi.
Orqa miyaning yon shoxlarida tomirlar harakatini boshqaruvchi ikkinchi darajali markaz bor. Bu markaz ham tananing ayrim qismlaridagi qon tomirlariga tomirlarni toraytiruvchi impulslar yuborib turadi.
Uzunchok miyadagi markazning tomirlarni toraytiruvchi qismi shikastlanganda, orqa miyadagi markazlar tananing ayrim qismidagi arteriya va arteriolalarga tomirlarni toraytiruvchi impulslar yuborib, qon bosimining meьyoplashishiga yordam beradi.
Bulardan tashqari, oraliq miyada, bosh miya yarim sharlarining po’stlog’ida ham tomirlar faoliyatiga ta’sir kiladigan markazlar bor.
Dostları ilə paylaş: |