Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


-Ish. Katta qoringa zond yuborish texnikasini o’rganish va undagi mikroflora miqdopini aniqlash



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə24/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Fiz. labaratoriya

1-Ish. Katta qoringa zond yuborish texnikasini o’rganish va undagi mikroflora miqdopini aniqlash.
Zondning uchki qismi vazelin bilan moylanadi, chap qo’l bilan hayvonning tili biroz tortilib, o’ng qo’l bilan zond yuboriladi. Zondning qizil o’ngach yoki traxeyaga ketganligini hidlab, yoki bir stakan suvga zondning ikkinchi uchini botirib ko’rib aniqlanadi. Agar stakandagi suvda pufakchalar paydo bo’lsa, u holda zond traxeyaga ketgan bo’ladi. Bu holda zondni qaytarib olib, qaytadan yuboriladi. Katta qorin suyuqligi kolbaga olinib, darhol 38-40 S suv hammomiga quyiladi.
Toza predmet oynachasi biroz spirtovka alangasi ustida qizdirilib, ustiga bir tomchi katta qorindan olingan suyuqlik pipetka yordamida tomiziladi va usti yopqich shisha bilan yopilib, mikroskopning kichik ob’ektivida kuzatiladi.Mikroorganizmlarning necha turi borligi va soni aniqlanadi. Olingan natijaga qarab, xulosa qilinadi.
Me’da shirasining ahamiyati va uning kislotalik darajasini aniqlash
Me’da shirasi - me’da devorida joylashgan qo’shimcha, asosiy va qoplama bez hujayralari faoliyati natijasida hosil bo’ladigan moddalar aralashmasidir.
Me’da shirasi tiniq, rangsiz, kislotali muhitga ega bo’lgan suyuqlik bo’lib, tarkibida xilma-xil anorganik va organik moddalar mavjud.
Anorganik moddalardan: K, Na, Sa, Mg, ammoniy kabi elementlarning xlorli, fosforli, karbonatli, sul’fatli tuzlari va xlorid kislota bor.
Organik moddalardan: sut kislotasi, kreatinin, ATF, mochevina, urat (siydik) kislota, oqsillar, aminokislotalar, pepsin, ximozin, lipaza, jelatinaza, katepsin kabi fermentlar bor.
Me’da shirasida 0,4-0,5% xlorid kislota bo’lib, u erkin va xilma-xil organik moddalar bilan birikkan holda uchraydi.
Me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislota me’dada kechadigan hazm jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Xlorid kislotaning ahamiyati quyidagilardan iboratdir:

  1. Me’da shirasiga kislotali muhit beradi.

  2. Achish-bijg’ish jarayonlarini ro’yobga chiqaradi.

  3. Xilma-xil mineral moddalarni eritadi.

  4. Fermentlarning faolligini ta’minlaydi (masalan, pepsinogenni pepsinga aylantiradi).

  5. Bakteritsidlik xususiyatiga ega, ya’ni mikroorganizmlarni o’ldirib, himoya vazifasini bajapadi.

  6. Oqsillarni bo’rttirib, hazm bo’lishiga yordam beradi.

  7. Me’dadan 12 barmoq ichakka ozuqaning o’tishini boshqarilishida ishtirok qiladi.

Me’da shirasi kislotaligining oshishiga giperatsidoz, pasayishiga gipoatsidoz va yo’qolishiga anatsidoz deyiladi.
Me’dada kechadigan hazm jarayonlarining jadalligi undagi fermentlarning faolligiga bog’liqdir.
Pepsin - fermentini me’da shilliq pardasidagi asosiy hujayralar inaktiv pepsinogen holida ajratadi. Pepsinogen xlorid kislota ta’sirida faol pepsinga aylanadi. Pepsin proteolitik ferment bo’lib, oqsillarni al’bumoza va peptonlargacha parchalaydi. Pepsin o’ta kislotali muhitda pN=0,8-2,0 va harorat 38-40 bo’lganida faoldir.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin