1 - ish. Gemoglobin miqdopini aniqlash. Qondagi gemoglobin mikdori Sali gemometri yordamida kalorimetrik yo’l (tekshiriladigan qon eritmasining rangini standart eritma rangiga solishtirib ko’rish) bilan aniqlanadi.
Sali gemometri shtativ va unda o’rnatilgan uchta probirkadan iborat. Gemometrning ikki yonida gemoglobinning 16,67% li standart eritmasi quyilgan probirkalar mahkamlangandir. O’rtadagi bo’sh probirka 1 dan 23 gacha shkalalarga bo’lingan bo’lib, gemoglobin mikdorini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Ish tartibi: 1. Gemometrdagi bo’sh probirkaning eng pastki (2) belgisigacha 0,1 N NSI dan solinadi.
2. Hayvondan qon chiqarilib, pipetkaga 0,02 ml qon olib, probirka ichidagi 0,1 N NSI eritmasining ostiga quyiladi va aralashtiriladi. Kislota ta’sirida eritrotsitlar parchalanib, gemolizga uchraydi va uning tarkibidagi gemoglobin ajraladi.
3. Ana shu aralashma ustiga 3-5 minutdan so’ng pipetka bilan distillangan suvdan qo’shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Bu holat qon eritmasining rangi standart eritmalar rangiga tenglashguncha davom ettiriladi.
4. Probirkaning shkalasiga qarab, 100 ml qondagi gemoglobin mikdori aniqlanadi.
5. Olingan natija tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.