25-amaliy mashg’ulot.
Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarning tadqiqotchilik faoliyati va ilmiy-tabiiy tajribalar o’tkazish.
Umumiy tushuncha : STEAM yondashuvi bizning ta’lim va ta’limga bo’lgan qarashimizni o’zgartirmoqda.Amaliy qobiliyatga e’tibor berib, talabalar o’zlarining irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o’rganadi. Ushbu ko’nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi, ya’ni. bu butun ta’lim tizimi nimaga intilishini. Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlashni istardikki, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o’tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o’qishni osonlashtiradi.
TOPSHIRIQLAR:1
1.STEAM va STEAM ning rivojlanishi tarixi haqida nimalarni bilasiz.
2.STEAM ning STEAM ga aylanishi va takomillashtirilishini tushuntiring.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarada STEAM ijodkorlikni shakllantirishning maqsadi va vazifalari haqida tushuncha bering?
TOPSHIRIQLAR:2
Mavzu yuzasida taqdimot tayyorlash .
Vazifa: Tadqiqotchilik faoliyatida tajribalar o’tkazish
26-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o’tkazish.
Umumiy tushuncha:Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi,hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida,tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir.. Jonli tabiat. O’simliklar dunyosi. Sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi uzum, o’rik) bilan tanishtirishni davom ettirish. Bolalarga sabzavot va mevalarning nomlarini, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha. pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilarini bilishlari: Sabzavotlar polizda mevalar esa daraxtda o’sishi bilan tanishtirish. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish.
TOPSHIRIQLAR:1
1.Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o’tkazish qanday amalga oshiriladi.
2.Jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha bering.
TOPSHIRIQLAR:2
1.STEAM yondashuvi o’quv samaradorligiga qanday ta’sir qiladi?
2.Ta’limga ushbu yangi yondashuv qanday paydo bo’ldi?
3. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish.
Vazifa: Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring va mavzuni yoritib bering.
Dostları ilə paylaş: |