Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 446 Kb.
səhifə7/17
tarix16.02.2023
ölçüsü446 Kb.
#123433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
amaliy steam 30

TOPSHIRIQLAR:
1. Loyihalashtirishning mohiyati nima?
TOPSHIRIQLAR:2
1.Ilk qadam – davlat dasturida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga STEAM ta’lim texnologiyasi asosida ta’lim tarbiya berish masalalari haqida fikr yuriting.
2.Pedagogik jarayonni loyihalashtirishning tamoyillari nechta va ularni sanab bering?
Vazifa:
Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring va mavzuni yoritib bering.




9-Mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish
Umumiy tushuncha : STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o’rganish tez o’zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o’rganish uchun ham miyani, ham qo’llarini ishlatadilar.
TOPSHIRIQLAR:1
1.STEAM dasturining asosiy g’oyasi nima?
TOPSHIRIQLAR:2
1.STEAM dasturi qaysi sohalarni o’z ichiga oladi?
2.Ta’limda multimediya vositalaridan foydalanishning ahamiyatli jihati nimada?
Vazifa:
Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring va mavzuni yoritib bering.
VENN diagrammasi orqali yoriting

10-Mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini qo’llashda tarbiyachilarning Digital kompetensiyalari
Umumiy tushuncha : O‘zbekiston bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatori raqamli davrga o‘tmoqda va bu bilan bog‘liq o‘zgarishlar aksariyat hollarda, ishlab chiqarish sohalarida, uy-joy kommunal xo‘jaligida, savdo va boshqa sohalarda aniq ko‘rinmoqda. Hozirgi kunda biz o‘z hayotimizning asosiy qismini virtual dunyoga o‘tkazayapmiz: kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar va boshqa moslamalar. Biz u yerda suhbatlashamiz, do‘stlar orttiramiz, ishlaymiz, fotosuratlar almashamiz, taassurotlar, fikrlarimizni bo‘lishamiz, o‘yinlardan foydalanamiz, tomoshabop filmlar ko‘ramiz, “like”lar bosamiz, ma’lumotlar joylashtiramiz. Axborot resurslarining barcha toifadagi fuqarolar hayotiga - yosh bolalardan tortib, nafaqaxo'rlargacha kirib borganligi - axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatni qiziqtirgan barcha muammolarni hal qilishga qodir degan fikrni shakllantiradi.

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin