Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti informatika o’qitish metodikasi 405-guruh talabasi yusupova asilaning informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan 7-tajriba ishi



Yüklə 3,56 Mb.
tarix10.07.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#128505
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI 405-GURUH TALABASI YUSUPOVA ASILANING INFORMATIKA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN 7-TAJRIBA ISHI

MAVZU:MASOFAVIY O’QITISH TIZIMLARIDA AXBOROTLARNI ULASHISH

Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo`l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi informatsiya tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Va'holanki ta'lim tizimida sеzilarli o`zgarishlar ro`y bеrmoqda. Ta'lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o`qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda kеng tarqalgan. Kўpgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o`zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar. O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim.


Muammoli tahlil
Muammolarni ajratish;
muammolar koʻlami va ularning tasnifini shakllantirish.
1) vaziyatning muammoli
jihatlarini tahlil qilish;
2) vaziyatning muammoli
shartlarini tahlil qilish;
3) vaziyatning muammoli
oqibatlarini tahlil qilish.
Tizimli tahlil
Ob’ektni tizimiy yondashuv
pozitsiyasidan oʻz strukturasi va
funktsiyalariga ega tizim sifatida koʻrib chiqish
1) deskript analiz: mavjud
tuzilma asosida funktsiyalarni shakllantirish;
2) konstruktiv analiz: mavjud
funktsiyalar asosida tuzilma
shakllantiriladi.

Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.

Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi. Parallellik – O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi. Keng qamrovlilik – Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta o`quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda bo`lish imkoniyati. Iqtisodiy tejamkorlik – O`quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko`p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.


MASOFAVIY O’QITISH TIZIMINI HAM SIFATLI TASHKIL ETISH IMKONI MAVJUD BO’LSA ANCHA QULAY BO’LADI TALABALAR VA O’QITUVCHILARGA .
SHART VA SHAROITLAR TAQOZO ETIB MASOFAVIY O’QITISH TIZIMIGA O’TILSA QANCHALIK SAMARA BERISHI BU DASTURIY VOSITALARGA HAM BOG’LIQ.
“MASOFAVIY O’QITISH” BU SIZNINGCHA SAMARA BERADIMI? YOKI “AN’ANAVIY O’QITISH” MI?
MASOFAVIY O’QITISH , AN’ANAVIY O’QITISH TIZIMI KABI SAMARA BERMAYDI BARI BEFOYDA.
2
1
3
MASOFAVIY O’QITISH VA AN’ANAVIY O’QITISH TIZIMLARINING ASOSIY FARQLARI
Ushbu ma'lumotlar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan hamkorlik olib borayotgan qator xalqaro ekspertlar bilan o'tkazilgan onlayn muloqotlarda ham o'z tasdig'ini topdi. Suhbat davomida xorijlik ekspertlar karantin sharoitida televizion videodarslar asosida masofaviy ta'limni tashkil etish bo'yicha O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Xalqaro ekspertlar fikricha, butun dunyoda o'quvchilarni masofaviy o'qitish usuliga o'tkazish jarayonida tizimli kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz ham bundan mustasno emas, albatta. Ayni paytda O'zbekistondagi 6,2 milliondan ortiq o'quvchining barchasi ham masofaviy ta'lim olish bo'yicha zarur resurs hamda teng sharoitga ega, deb aytolmaymiz. Ayniqsa, pandemiya tufayli ko'makka muhtoj aholi qatlami eng ko'p zarar ko'rmoqda. Bunday yurtdoshlarimizning ko'pi chekka hududlarda yashayotgani uchun elektron qurilmalardan foydalanish yoki internet tarmog'iga ulanish imkoniyatiga ega emas.
SHu kabi holatlarni inobatga olib, koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz xalq ta'limi tizimiga ta'sirini yumshatish, o'quvchilarning davlat ta'lim standartlari talablari asosida bilim olishini ta'minlash hamda o'quvchilar va o'qituvchilarning salomatligi, xavfsizligini asosiy o'ringa qo'ygan holda muayyan ishlarni amalga oshirish muhim.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin