2. Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib, kam harajatli, yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlashda korxonaning barcha ishchilarini o‘ziga jalb qiladigan “inson qiyofasidagi” zamonaviy menejmentni rivojlantirdi. Ko‘plab yapon firmalarida har bir operatsiya ijrochisi navbtadagi operatsiyani bajaruvchisiga o‘zining iste’molchisi sifatida qaraydi va yuqori mas’uliyatni his qiladi. Inson psihologiyasi va ijtimoiy mavqesini hisobga oluvchi bu menejment boshqa rivojlangan mamlakatlarning xodimlarni boshqarishdagi an’anaviy usullarni takomillashtirishga turtki bermay qolmadi.
Xodimlarni boshqarish yondashuvlari
Yaponiyada inson resurslarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari Yaponiyada mehnat resurslarini boshqarish Amerika tizimiga o‘xshash. Yaponiya korporatsiyalari o‘z ishchilarini shunday boshqaradiki, natijada ishchilar maksimal va samarali ishlashlari kerak. Bu maqsadlarga erishish uchun Yaponiya korporatsiyalari Amerikaning kadrlar boshqarish texnikasi, shuningdek ish haqi to‘lashning samarali tizimi, mehnat tashkilotlari va ish joylarning tahlili ishchilarning attestatsiyasi va boshqalardan foydalanishadi. Biroq Amerika va Yaponiya boshqarish tizimida juda katta farq mavjud. YAponiya korporatsiyalari omadi ko‘p hollarda ishchilarning shu kompaniyaga sadoqatliligidadir.
Ishchilarning o‘z kompaniyalarga sadoqatliligi
Yuqori mansabdor xodimlar va ishchilar o‘zlarini korporatsiya vakillari deb hisoblaydilar. Yaponiyada har bir ishchi kompaniya uchun kerak va zarur shaxsligiga ishonadi. Odatda yaponiyaliklar o‘z kompaniyasi uchun ko‘p ishlaydi. Bu esa ularning firmaga sadoqatliligini ko‘rsatadi. Yana bir muhim tomoni shundaki, Yaponiya ishchilari savolga javob berishda kompaniyaning nomi va qayerda ishlayotganligini aytadi. Savol berayotgan shaxs javobga qoniqadi, chunki bunday vaziyatlarda u kompaniyaning nomini bilishni xoxlaydi. Yaponiyaliklarning kundalik “kasb” so‘zi amalda tashkilotni va qayerda ishlashini bildiradi. Kompaniyadagi yapon ishchilari kam hollarda dam oladilar, ishlashni davom ettiradilar (bunda ishlash kunining progulga bo‘lgan munosabati foiz da) boshqa davlatlarga nisbatan pastroq. Yapon ishchilari uchun bu ko‘rsatkich miqdori o‘rtacha 1,6 foizni ko‘rsatadi (1000 kishidan ortiq ishchisi bo‘lgan kompaniyalarda bu ko‘rsatkich atigi 7,5 foizni ko‘rsatadi).