Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/41
tarix08.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124948
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Hisoblash. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablaglarini olish yoki to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikki yoqlama yozuv usulida hisob- kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. Barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda gi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlangich hisob- kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik. Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi. Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin