Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə29/41
tarix08.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124948
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Tayanch iboralar: Hujjat, hujjat aylanishi, rekvizit, blanka, arxiv, dastlabki va yig‘ma, farmoyish, tasdiqlovchi, inventarizatsiya, to‘liq va qisman, inventarizatsiya yozuvi, inventarizatsiya ro‘yxati.

  1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha.

Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini ishlatish ta’kiklanadi.
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba’zi hujjatlar qat’iy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob yuritish tartibi hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va tegishli



tomonidan

belgilanadi.
boshqarmalari


Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.


  1. Yüklə 0,59 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin