Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə40/41
tarix08.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124948
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl).

Ushbu xisobotda sub’ektning mulki xisoblangan va uning tasarrufida bulgan xususiy kapitalining uzok va kiska muddatli aktivlarning yil boshiga va yilning oxiridagi xolati aks ettiriladi.
"Yil boshiga koldik" moddasida sub’ektlar xisobot yilining boshiga nisbatan xususiy mablaglarining yigindisini kursatadilar:
3-ustun "Ustav kapitala" da 8510-"Ustav kapitalini xisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan ta’sis xujjatlarida kursatilgan Ustav kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, ulush va omonatlarning mikdori kursatiladi;
4-ustun - "Kushilgan kapital" da 8520-"Kushilgan kapital"ni xisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga. asosan emissiya daromadi, xorij valyutasining kursidagi farki va tekin- ga olingan mulklarning mikdori aks ettiriladi;
5-ustun - "Zaxira kapitala" da belgilangan koidaga kura Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi kapitalning mikdori, ya’ni asosiy vositalarni karta baxolashdagi fark summasi, zaxira kapitali, xisobotni umumlashtirayotganda (yigma xisobot) sodir bulgan sum kursidagi farklarning mikdori aks ettiriladi;
6-ustun - "Taksimlanmagan foyda"da 8710-"Taksimlanmagan foyda" schyotining ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taksimlanmagan foyda mikdori kursatiladi;
7-ustun - "Xususiy kapital bilan koplanmagan zararlar"da sub’ektning balansidagi yil boshiga bulgan zararlarning mikdori kursatiladi.

  1. Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar.

Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliya natijalarini ko‘rsatib beradi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.

  1. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari (BHMS asosida).

Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘grisida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:

  1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;

  1. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;

  2. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;

  3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.

Konsentual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalgeriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.

  1. Konsentual asos buxgalgeriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va uning
ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga 24 ta moddani oladi:
1-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
3-modda. Buxgalteriya hisobi sub’ektlari
4-modda. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari
5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil etish
8-modda. Imzo huquqi
9-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish
15-modda. Garovni hisobga olish
16-modda. Moliyaviy hisobot
17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot
18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri
19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
20-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
22-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi
23-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
24-modda. Buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari.
Hozirda buxgalteriya hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Xo‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish.

  2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash.

  3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish.

  4. Maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.

Bozor munosabatlari sharoitida ham buxgalteriya hisobi oldida quyidagi uch asosiy vazifa turadi:

  1. Korxona boshqaruvini mablag‘lar va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.

  2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo‘lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.

  3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xo‘jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin