Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə19/41
tarix08.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124948
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Uzoq muddatli aktivlar:

asosiy vositalar (01), nomoddiy aktivlar (04), kapital qo‘yilmalar (08), moliyaviy qo‘yilmalar (06), o‘rnatiladigan asbob-uskunalar (07).

  1. Aylanma aktivlar:

ishlab chiqarish zahiralari (10, 11, 15, 16) tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor
mahsulot, pul mablag‘lari) debitorlar.
Balansning passiv qismi ham 2 bo‘limdan iborat:

  1. Bo‘lim. Uz mablag‘larining manbalari: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va x.k.

  2. Bo‘lim. Majburiyatlar: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bunaklar va kreditorlik majburiyatlari.

Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib urnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’ulumotlarni o‘rganish, solishtirish orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini o‘zgarib borish hisobot xulosaga kelish, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Xamda ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Solik inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Balansga qo‘yilgan talablar:


Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona hisobot ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo‘lishi shart Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans so‘zi tenglik tarozuning ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi.
Balansning tuzilishi:



  1. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar.

Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro‘y berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonasiga tegishli bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan o‘zgaradi. Balansga ta’rif berilganida uning ikki qismi - aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalarining xo‘jalik jarayoni natijasida o‘zgarishi balansda o‘zgarish ro‘y berishiga olib keladi. Sababi o‘zgarish natijasida xo‘jalik mablag‘ining o‘zaro ikki turi yoki, mablag‘ manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi o‘zgarishi yoki ham mablag‘ va ham ular tashkil topish manbalari birdaniga o‘zgarishi mumkin.
Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirini 4 turga ajratish mumkin. Quyida ushbu o‘zgarishlarga misol keltiramiz.


  1. Yüklə 0,59 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin