O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI
Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi.
Hajm nuqtai-nazaridan.
So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan.
Maqsad nuqtai nazaridan.
Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar.
Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi.
Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:
Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,
Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin.
O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin.
Sohaning faol va nofaol terminlari
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi. Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan
chiqishi,ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tshkil qiladi. Qadimgi davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Satil (chelak), talak (omborxona), madrapxana (xojatxona), tuzuv (taqinchoq), kaparat (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), alam (bayroq), bandirga(chorraxa), karman (shlyapa), diyzil (avtobus), dabil‘ng‘ir (og‘ solinadigan idish) va hakazo.
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’nolaridan birining o‘zgarishi, eskirishi natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi. Shevalardagi g‘assal so‘zi arabcha bo‘lib, uning o‘lik yuvuvchi ma’nosi hozirda eskirgan, uning o‘rniga ishyoqmas ma’nosi ihlatiladigan bo‘lgan. Shuningdek, kir suvi ma’nosini anglatadigan mag‘zava so‘zining ta’kidlangan ma’nolari iste’moldan chiqqan, kullap so‘zining qarmoq, o‘lik ma’nosidagi miyt so‘zining ushbu ma’nosi ham eskirib, tobut ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. Bulardan tashqari xalpa so‘zining bilimi oz o‘quvchiga berkitilib qo‘yiladigan savodli o‘quvchi, battal so‘zining qaysar, tentak; oxur so‘zining otxona ma’nolari ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bo‘lganligidan, ana shu sinonimik qatorni tashkil etgan ma’nodosh so‘zlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, aravak // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, sardoz, torqa , chizim,shnur qatoridagi sardoz so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, arxaiklashgan so‘zlardir. Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri iste’moldan chiqadi, ya’ni eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan bo‘ladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan o‘tadi. Chunki shevalardaso‘zlarning eskirishi, yangi so‘zlarning kirib kelishi tez sodir bo‘lmaydi. Tarixiy so‘zlar ko‘pincha moddiy va ma’naviy hayot, turmush, davlat tuzilishi , din, urf-odatlar, turli lavozimlar, unvonlar, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-asboblar bilan aloqador bo‘lib, jamiyatdagi ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda ularning nomlari ham davr o‘tishi bilan eskiradi, ular o‘rnini boshqa so‘zlar egallaydi. Xorazm qipchoq shevalaridagi istorizmlarni turli sohalarga oid so‘zlar doirasida uchratish mumkin:
Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikga oid so‘zlar: kunda (omoch), zambarchi (zambil bilan mahalliy o‘g‘it tashiydiganlarga nisbatan ishlatiladi), digir (charxpalakning suv chiqaradigan ko‘zasi), vahim (vaqf qilingan yer yoki narsa) va hakazo.
2. Suv chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar: kunda (juvozning yerga ko‘milib turgan qismi), arish (kundaga bog‘lanadigan uzun yog‘och); darvaz yip (ikkita katta o‘qni bog‘laydigan ip); ayri ag‘ach (o‘qni tushirishga xizmat qiladigan yog‘och); ayri baqan (katta o‘qni ko‘tarib turishga xazmat qiladigan narsa); kämal (tushirishga xizmat qiladigan narsa); kamalcha (o‘qqa kiydiriladigan narsa); . Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
Tafakkur birla qildi oni bunyod.
Ko‘rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne’mat hisoblanadi. Tafakkur fikrning ko‘pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo‘lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro‘yobga chiqishida til asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog‘liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo‘lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo‘lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo‘lolmaganidek). XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko‘p o‘ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so‘zi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi, boshqalarga ibrat bo‘ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o‘sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko‘rinishi bo‘lgan nutq ham tafakkur bilan bog‘liq holda takomillashib boradi. Dunyoda 3mingdan ortiq til bo‘lsa-da, hammasi ham Davlat tili maqomiga ega emas (200 ga yaqin yozuv mavjud). Sobiq Sho‘rolar Konstitutsiyasida Ittifoqdagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan bo‘lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog‘ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig‘ilishlar, qurultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini bilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug‘lariga, tanish-bilishlariga oddiy bir telegramma ham jo‘nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo‘llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo‘ldi. 1988-yildan boshlab o‘zbek ziyolilari ham matbuotda o‘zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko‘tarib chiqdilar. Bu masalaga bag‘ishlangan bir qancha anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.
Dostları ilə paylaş: |