Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


 Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma, malaka



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

4. Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma, malaka 

va bilimlar 

Musiqa bolalarning his – tuyg’ulariga bevosita  ta’sir  qilishi  orqali ularning  ma’naviy  

qiyofasini    shakllantiradi.  Musiqa    san’atining    ta’sir    kuchi    boshqa  –  ta’kid    va  

uqtirishlarga  nisbatan   kuchliroq  bo’ladi. 

Bolalarni  har  xil  emotsional – obrazli  mazmundagi  asarlar  bilan  tanishtirar  ekanmiz, 

biz  beixtiyor  ularni  hissiyotlariga  ta’sir  qilamiz  va  ularni  kechinmalar  olamiga  olib  

kiramiz. 

 Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to’g’risidagi masalaga to’xtaymiz. 

Idrok  san’ati  o’zidan  kiyin  psixologik  faoliyatni  namoyon  qiladi,  qaysiki,  intellektual, 

bilish, emotsional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan 

o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan 

boshlanadi.  Musiqa  asarlarini  idrok  etish  emotsional  jonkuyarlikni  vujudga  keltiradi.  Bolaning 

bu  holatida  unga  tanish  mazmun  va  quvonch-idrok  asosida  emotsiyalarning  paydo  bo’lishidir.

 

Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur. 



Musiqani  idrok  etish  ilk  bolalardan  shakllanadi.  To’plangan  emotsional  musiqaviy  taassurotlar 

qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlarini aytishga olib keladi. 

Hissiyot,  eshitish,  idrokning  rivojlanishi  asosida  bolalarda  musiqaviy  taasurotlar  to’plana 

boshlaydi.  7  yoshli  bola  musiqaning  mazmuniga  qarab  qayg’uradi  va  fikr  yuritadi.  Biz  bola 

oldiga  musiqani  idrok  etishninng  payida  bo’lishi  vazifasini  qo’yamiz.  Keyin  esa  tashqi  ta’sir 

etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.  




Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik  va  tushunarlilik. Lekin  

bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi. 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin