Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

milliy  mafkurada  ko‘zda  tutilgan  maqsadlarni  amalga  oshirishda  tayanch  bo‘ladi”  Ma’lumki, 

yosh  bolalar  juda  ta’sirchan,  qiziquvchan,  taqlidchan,  tez  o‘zgaruvchanligi  sababli  ular  uchun 

atrofidagi barcha ijobiy va sal’biy holatlarga munosabat birday yaqin hisoblanadi.  

Har  tomonlama  barkamol    madaniyatli  shaxs  avvalo,  oilada  shakllanadi.  Yaxshi  oilaviy 

muhitda  tarbiyalangan  bolaning  hayot  haqidagi,  turli  voqea-hodisalar,  urf-odatlar,  san’at, 

madaniyatga  oid  ta’ssurotlari  ko‘pincha  ijobiy  tarzda  kechadi.  Oiladagi  birgalikda  televizor 

ko‘rish,  konsert  tomosha  qilish,  teatr,  konsert  tomoshalariga  borish,  o‘z  ta’ssurotlarini 

o‘rtoqlashish  kabilar  bolalar  dunyoqarashini  o‘stirib,  hayotiy  voqea-xodisalarni  aks  yettiruvchi 

badiiy adabiyot, san’at , musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok yetishga olib 



keladi.  Bu yesa uning kelajagini belgilashda, san’atning muayyan turi bilan bog‘lanib qolishida 

hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Fan,  adabiyot,  san’at  sohasida    Yevropa  klassik  musiqasining  buyuk 

namoyondalari  Bax,  Betxoven,  Bize,  Motsart,  Verdi,  Shopen,  rus  kompazitorlari  Glinka, 

Borodin, Balakirov, Rimskiy-Korsakov, Chaykovskiy, Prokofev, Shostakovich, o‘zbek bastakor 

va kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Burhonov, S.Jalil va ko‘plab 

xalq hofizlari va sozandalarning hayotida ular tug‘ilib o‘sgan oilani ta’siri juda katta bo‘lgan. 

Hozirgi kunda musiqa rahbarlari  oldidagi yeng muhim vazifalardan biri musiqiy tarbiya va 

musiqiy  madaniyatni  oilaviy  hamkorlikda  tashkil  yetishdir.  Bu  boradagi  faoliyatni  maqsadli 

yo‘lga qo‘yish, samarali ish shakl va usullaridan foydalanish bolalarni yuqorida ta’kidlanganidek 

madaniyat  va  san’atning  muayyan  sohalariga  izchil  bog‘lanib  qolishlari,  kelajakda  yetuk 

xonanda,  sozanda,  bastakor-kompozitor  bo‘lib  yetishishlariga  zamin  yaratadi.  Musiqa 

rahbarlariga bu borada quyidagi tavsiyalarimizni bildirishni lozim deb topdik: 

- musiqa rahbarlari har bir bolaning oilasi bilan yaqindan tanishishi, doimiy aloqani yo‘lga 

qo‘yishi; 

-  bolalarni  musiqa  san’atining  muayyan  turlariga  qiziqishi,  qobiliyatiga  qarab,  ularni  ota-

onalarini  bu  haqda  xabardor  qilish,  maktabda  va  oilada  mustaqil  qo‘shimcha  shug‘ullanishlari 

uchun shart-sharoit yaratishi; 

-  musiqa  mashg‘ulotlariga,  to‘garaklar,  ijodiy  markazlarga  qatnashishlarini  ota-onasi 

tomonidan ham nazorat qilib borilishiga e’tibor qaratish; 

- bolalar ishtirok yetadigan turli madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlarga 

ularni ota-onalarini taklif qilish; 

-  ota-onalar  uchun  maxsus  ma’ro‘za  konsertlar,  madaniyat,  san’at  vakillari  bilan 

uchrashuvlar tashkil yetish; 

-  bolalarga  individual  topshiriqlar  berish,  mustaqil  shug‘ullanishlari  va  topshiriqlarni 

bajarilishi yuzasidan ota-onalar fikrlarini so‘rab turish. 

Bunday  hamkorlik  bo‘yicha  tashkil  yetiladigan  ishlar  bolalarni  musiqa  san’atiga  bo‘lgan 

qiziqishlarini, ularning musiqa bo‘yicha individual qobiliyat va iqtidorlarini o‘stirishga, iste’dod 

kurtaklarini keng ochilishiga va musiqiy madaniyatni yuksalishiga imkon yaratadi.  

          Musiqa  rahbari    ko‘pchilik  oldida  musiqa  targ‘ibotchisi  sifatida  chiqib  o‘z  faoliyatini 

bajarishda  rus  musiqiy  pedagogi  D.  V.  Kabalevskiy  aytganidek-  “..o‘zining  yeng  asosiy 



vazifasini  xoh  zaldagi  konsert  paytida,  xoh  musiqa  mashg‘uloti  bo‘lsin,  bolalar  bilan 

suhbatlashayotganda,  ularni  musiqaga  qiziqtirish,  yemotsional  jalb  qilish,  o‘zining  musiqaga 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin