Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

Rahbar 

o‘z 

kasbini  mutaxassisi  bo‘lishi,  musiqani  quvonch,  baxsh  yetadigan  jonli  san’at  sifatida  sevishi, 

unga  yehtirosli  munosabatda  bo‘lish  hamda  o‘zi  sevmaydigan  narsalarga  bolalarda  muhabbat 

o‘yg‘ota  olmasligini,  hech  qachon  unutmasligi  lozim.  Rahbar  o‘z  o‘rni  va  qadrini  bilish  kerak. 

Mashg‘ulotda  rahbar  obekt,  bolalar  yesa  subekt  bo‘lishlari  lozim.  Rahbar  barcha  ma’naviy 

kuchlarini safarbar yetish, g‘oyatda bardoshli, bolalarni va o‘z ishini chinakam sevish kerak.    

          Kuylash faoliyati bolalarning musiqa o‘quv qobiliyatlarini hamda ijrochilik malakalarini 

rivojlantirish  uchun  zarurdir.  Guruhda  jamoa  bo‘lib  kuylash  jarayonida  bola  o‘z  ovoz  ijrosini 



boshqaradi,  o‘rtoqlarining  ijrolarini  yeshitib  ko‘zatadi  va  ular  bilan  birga  jo‘rnavozlik  qilishga 

intiladi.    Zotan,  tinglash  va  kuylash  o‘quv  dasturi  ta’lim  mazmuning  asosini  tashkil  yetadi.  

Bolalarda  kuylash  va  tinglash  faoliyatlarini  o‘rganishi  bilan  birga  cholg‘uchilik,  musiqali 

harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari ham har tomonlama rivojlantiriladi, bilim va malakalarni 

o’zlashtirish  va  musiqiy  tavsiflarni  ushbu  faoliyatlar  vositasida  yegallash  imkoniyatlari 

yaratiladi.  

          Musiqa ijodkorligi faoliyati yangi o‘quv dasturiga ilk bor kiritilgan. Bu faoliyat bolalarda 

musiqiy  tafakkur,  izlanish  va  ijodkorlik  malakalarini  o‘stira  borish  uchun  katta  ahamiyatga 

yegadir.  Bu  faoliyat  bola  ijrosida  doira  chertib  jo‘rnavozlik  qilish,  kuy  ohanggiga  mos 

harakatlarni  xususan,  raqs  harakatlarini  topish,  she’r  parchasiga  kuy  bastalash  kabi  ijodkorlik 

amaliyotlari bilan bajariladi. 

          Musiqali  harakatlar,  cholg‘uchilik  va  ijodkorlik  faoliyatlarini  amalga  oshirishda  o‘yin 

uslublaridan  keng  foydalanish  tavsiya  yetiladi.  Ushbu  faoliyatlar  zamiri  ko‘proq  o‘yin 

xususiyatlari  bilan  bog‘liqdir.  Yangi  o‘quv  dasturida  tinglash  va  kuylash  uchun  asarlar  talab 

darajasida  berilgan.  Bu  rahbarlarga  musiqiy  asarlarni  guruh  imkoniyatlari  va  o‘quv  yilining 

muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda rahbar 

dasturga  kiritiladigan  ammo,  badiiy  yuksak,  tarbiyaviy  jihatdan  muhim,  Bolalarinng  kichik 

yoshlik  xususiyatlariga,  idrok  amaliyotiga  mos  bo‘lgan  yangi  asarlaridan  keng    foydalanish 

xuquqiga  ham  yegadir.  Nota  savodi,  cholg‘uchilik,  raqs  va  harakatlar,  shuningdek  musiqa 

ijodkorligi    faoliyatida  tavsif  yetilgan  asarlar  ham  shartli  ravishda  berilgan.  Mashg‘ulot 

sharoitiga  qarab  ularni  almashtirish  mumkin.  Bu  yesa  mashg‘ulotlarni  rejalashtirishda  va 

mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishda  ijodiy  yondoshishni  toqozo  yetadi.  Bunda  shu  narsaga 

e’tiborni  qaratmoq  lozimki,  garchi  dasturda  asarlar  va  mashg‘ulotlar  mazmuni  har  bir  faoliyat 

turiga  doir  alohida  ko‘rsatilgan  bo‘lsada,  ammo  mashg‘ulotlarni  rejalashtiirishda  va  ularni 

o‘tishida  musiqa  faoliyatlari  mashg‘ulot  mazmunidan  kelib  chiqish  va  uning  mohiyatini  ochib 

berish  lozim  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  mashg‘ulotda  musiqa  faoliyatlari  mantiqan    va  mazmunan 

birlashadi.  

 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin