Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


-Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

4-Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari. 

4-soat 

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqaviy ta’lim – tarbiya berish metodlari va usullari. 

2. Ko’rgazmalilik metodi. 

3. So’zlab berish  metodi. 

4. Amaliy faoliyat metodi. 

5. Metod va metodik usullardan turli yoshdagi guruhlarda foydalanish 

6. Maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqaga o’rgatishning bosqichlari 

 

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari. 

Reja: 

Maqsad - talabalarni musiqiy tarbiyasining metodik usullari bilan tanishtirish 

1. Musiqa o’qitish  metodi. 

2. Unumli metodlar. 

 

Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va 



mazmuniga qarab belgilanadi. 

 

Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda 



bilim olishlariga  ham bog’liqdir.  Bunda birinchi  manba  musiqaning  o’zi  bo’lishi  tabiiy,  chunki 

«faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan 

ishlash,  dastlab,  musiqa  tinglash  tajribasi  va  kunikmasini  orttirib  borishga  qaratilgan  buladi. 

Bolalarnig yoshi qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan 

davr ham shunchalik ko’tt buladi. 

 

Bilim  olishning  ikkinchi  manbai  pedagog  suzidir:  bu  so’z  bolalarning  musiqaviy  obraz 



haqida  yaxlit  tassavurga  yega  bo’lishni,  muzika  asarining  mazmunini  aniq  tushunib  olishini 


ta’minlaydi. 

 

Uchinchi manba bolalarning bevosita musiqa bilan shugullanishidir, chunki musiqa bilan 



shugullanmasdan,  uni  mashq  qilmasdan,  qo’shiq  aytish  va  muzikal-ritmik  harakatlar  qilish 

ko’nikmalarini  yuzaga  keltirish,  shu  soxa  bilan  bogliq  bilimlarni  o’zlashtirish  ham  mumkin 

emas. Binobarin,faqat praktik faoliyatgina har tomonlama rivojlanishga yerdam beradi, ijtimoiy 

hodisalarga  to’g’ri  munosabatni  tarbiyalaydi,  tashab  buskor,  ongli  va  aktiv  bo’lishga  imkon 

yaratadi. 

 

Shunday  qilib,  biz  musiqaviy  tarbiya  metodlarini  tanlashda  -  jonli  kuzatuvdan  abstrakt 



fikrlashga va undan praktikaga qarab borishga tayanamiz. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  musiqa  ta’limi  va  tarbiyasi  berishning  o’zaro  uzviy 

boglangan uchta metodi bor: 

1) ko’rgazmali metodi; 

2) so’zlab berish metodi; 

3) amaliy faoliyat metodi.   

Bu  metodlarning  har    biri  ma’lum  spetsifik  xususiyatlardan  kelib  chiquvchi  qator 

usullarni  o’z  ichiga  oladi.  O’rganish  protsessida  ulardan  qaysi  birini  tanlash  muayyan  musiqa  

mashg’ulotining  konkret  vazifasi,  ijro  yetilayotgan  musiqa  materialining  murakkabligi, 

o’qitishning  yetaplari  va  bolalarning  umumiy  taraqqiyot  darajasi  bilan  belgilanadi.  Bolalarga 

turli  metodik  usullardan  foydalangan  holda  musiqaviy  ta’lim-tarbiya  berishda  pedagogik 

quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 

a)  bolalarga  tavsiya  yetilayotgan  musiqa  materialining  badiiyligini  va  uning  sifati 

ijrosini ta’minlash; 

b)  muayyan  bolalar  kollektivining  o’ziga  xosligini,  uning  umumiy  va  musiqaviy 

taraqqiyot darajasi, uyushqoqligini hisobga olish; 

v)  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  musiqani  obrazli  va  aniq  idrok  yeta  olishini 

e’tiborga olish; 

g) asar mazmunini va musiqaviy ifoda vositalarini bolalar hissiyotini va ongiga yetkaza 

bilish; 


d) bolalarni aktivlashtirish, ularning yetiborini musiqa sadosiga torta bilish; 

e)  ga’lim  berish  jarayonida  bolalarda  musiqaviy  obrazni  idrok  yetish  qobiliyatini 

tarbiyalash. 

Yuqorida keltirilgan metodlarning har birini alohida ko’rib chiqaylik: 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin