Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


Bolalar    ovozini    rivojlantirish



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

Bolalar    ovozini    rivojlantirish  Ovoz-axborotini  o‘zatishning  g‘oyat  muhim  tovush 

vositasidir,  odamlarning  o‘zaro  aloqa  bog‘lash  vositasidir.  Odamlarning  ovoz  bilan  bog‘liq 

faoliyatining  asosiy  turlari  nutq  va  qo‘shiq  aytishdan  iborat  bo‘lib,  ularga  ayni  vaqtda  musika 

faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.  

 

Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. 



Shu  munosabat  bilan  tovush  xosila  tizilmasini  ustalik  bilan  mashq  qildirish,  chiniqtirish,  uni 

mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.  

 

Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy 



rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning 

ham  samarali  usulidir.  Qo‘shiq  aytishni  rivojlantirish  nutqning  shakllanishiga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Shu  sababli  qo‘shiq  aytishga  bolalikda  to‘g‘ri  o‘rgatish  muhimdir.  Bunda  bolaning 

qo‘shiq  ovozni  iloji  boricha  yertaroq,  yehtiyot  bo‘lib,  g‘amxo‘rlik  bilan  rivojlantirish,  uning 

tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.  

 

Bola  ovozining  rivojlanishi  bola  yoshining  ulg‘ayishi  natijasida  qo‘shiq  aytishga  aniq 



maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi 

ijobiy  ta’sir  ostida,  yoki  bo‘lmasa  har  ikkala  yo‘lning  qo‘shilib  ketishi  tufayli  yuz  beradigan 

jarayondir.  

          Bola  ovozining  birlamchi  manbai  bo‘g‘iz  bo‘lib,unda  tovush  naychalari  oralig‘ida 

tutashgan  tovush  pardalari  bo‘ladi.  Qo‘shiq  aytgan  vaqtda  markaziy  asab  sistemasining 

boshqaruvida  faqat  bo‘g‘iz  emas,  balki  artikulyatsiya  xosila  tizilmai,  nafas  organlari  hamda 

boshqa organ va sistemalar jalb yetiladi.  

 

Boladagi  tovush  xosila  tizilmasining  ayrim  organlari  takomillashuvi  jarayonida  ba’zan 



ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar  yuz 

beradi,  ikkinchi  tomondan  shunday  intervallar  bo‘ladiki,  bunda  ayrim  organlarning  rivojlanishi 

deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.  

 

Qo‘shiq  aytishga  o‘rgatishni  tashkil  yetishda  shu  narsa  katta  ahamiyatga  yegadirki, 



bolalaning  ovozi  yosh  jihatidan  kamol  topishining  bir  qancha  davrlarini  boshdan  kechiradi. 

Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.  

 

Bunda  bolaning  ovoz  diapozoni  bir  muncha  qisqarishi,  kuylash  chog‘ida  bir  qadar 



o‘ng‘aysizlik,  kuylab  bo‘lgandan  so‘ng  charchoq  paydo  bo‘lishi,  ovoz    jarangida  bir  muncha 

o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin. 

 

Qo‘shiqchilik  rivojida  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  optimal  ko‘rsatgichlarga  yerishish 



uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.  

a) qo‘shiq hamisha yerkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;  

b)  qo‘shiq  aytish  xotirjamlikni,  faollikni,  yemotsional  tayyorgarlikni,  qo‘shiq  aytish 

chog‘ida  gavdani  tutish  qoidalariga  rioya  qilish  zarurligini,  muayyan  asarni  ijro  yetishga  ruhiy 

jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab 

qiladi;  

v)  jarangdor,  lekin  ayni  vaqtda  mayin,  yumshoq,  ohangdor  tovushni,  butun  diapozonda 

bir  tekis  bo‘lgan  tovushni  shakllantirishga,  ovozning  individual  go‘zalligini    saqlashga  harakat 

qilish kerak;  

g)  ovozning  jaranglash  tembrini  ovoz  diapozoning  markaziy  qismidan  yuqori  va  pastga  

qarab  mustahkamlash    hamda  rivojlantirish,  uning  yeng  chetdagi  tovushlarini  suiiste’mol 

qilmaslik,  ovozning  ishchi  diapozoni  –butun  diapozonning  shunday  bir  qismiki,  uning  doirasi  

oson va yerkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli 

shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;  

d) qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;  



e) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf 

kam;  


j)  qo‘shiq  nutqining  aniqligi  (talaffuz)  yaxshi  bo‘lmog‘i  uchun  unli  tovushlarni  to‘g‘ri, 

aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, 

har  bir  kishida  ma’lum  darajada  individual  bo‘lgan  qo‘shiq  aytish  rejimida  ovoz  xosila 

tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;  

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish 

samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so’z boradi 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin