o‘rgatishdan oldin qo‘shiqni tanishtirishi, kompozitori haqida, asarning matni, mazmuni haqida
gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalarda bu qo‘shiqni o‘rganish uchun
qiziqishlarini uyg’otishdir.
Qo‘shiq qiyinchiliklari va ularni bartaraf yetish yo‘llari:
1. Qo‘shiqda sakrama harakatlar ko‘p. Bular bolalar kuylashi uchun murakkabdir. Shuning
uchun sof kuylashga alohida e’tibor qaratish kerak.
2. Qo‘shiqda punktir ritmlaridan ham keng foylanilgan va ularni aniq talaffuz yetish kerak.
3. Ligali notalar. Bunday notalar asosan jumlalar oxirida uchraydi va buni to‘g‘ri va sof
kuylashga yerishish kerak.
Bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi muhitni ta’siri juda kattadir.
Boladagi yeng muhim individual xususiyatlar oiladagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit
ta’sirida shakllanadi. Qo‘shiqning ohangiga bo‘lgan intilish bola ongida ona allasi orqali
rivojlantiriladi. Bunda ota-ona, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, san’at, musiqiy
madaniyatga bo‘lgan munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham Respublikamizda
oila tarbiyasiga davlat siyosati darajasida qaralib kelinayotganligi bejiz emas.
Har tomonlama barkamol madaniyatli shaxs avvalo, oilada shakllanadi. Yaxshi oilaviy
muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi, turli voqea-hodisalar, urf-odatlar, san’at,
madaniyatga oid ta’ssurotlari ko‘pincha ijobiy tarzda kechadi. Oiladagi birgalikda televizor
ko‘rish, konsert tomosha qilish, teatr, konsert tomoshalariga borish, o‘z ta’ssurotlarini
o‘rtoqlashish kabilar bolalar dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqea-xodisalarni aks yettiruvchi
badiiy adabiyot, san’at , musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok yetishga olib
keladi. Bu yesa uning kelajagini belgilashda, san’atning muayyan turi bilan bog‘lanib qolishida
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Fan, adabiyot, san’at sohasida Yevropa klassik musiqasining buyuk
namoyondalari Bax, Betxoven, Bize, Motsart, Verdi, Shopen, rus kompazitorlari Glinka,
Borodin, Balakirov, Rimskiy-Korsakov, Chaykovskiy, Prokofev, Shostakovich, o‘zbek bastakor
va kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Burhonov, S.Jalil va ko‘plab
xalq hofizlari va sozandalarning hayotida ular tug‘ilib o‘sgan oilani ta’siri juda katta bo‘lgan.
Hozirgi kunda musiqa rahbarlari oldidagi yeng muhim vazifalardan biri musiqiy tarbiya va
musiqiy madaniyatni oilaviy hamkorlikda tashkil yetishdir. Bu boradagi faoliyatni maqsadli
yo‘lga qo‘yish, samarali ish shakl va usullaridan foydalanish bolalarni yuqorida ta’kidlanganidek
madaniyat va san’atning muayyan sohalariga izchil bog‘lanib qolishlari, kelajakda yetuk
xonanda, sozanda, bastakor-kompozitor bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Musiqa
rahbarlariga bu borada quyidagi tavsiyalarimizni bildirishni lozim deb topdik:
- musiqa rahbarlari har bir bolaning oilasi bilan yaqindan tanishishi, doimiy aloqani yo‘lga
qo‘yishi;
- bolalarni musiqa san’atining muayyan turlariga qiziqishi, qobiliyatiga qarab, ularni ota-
onalarini bu haqda xabardor qilish, maktabda va oilada mustaqil qo‘shimcha shug‘ullanishlari
uchun shart-sharoit yaratishi;
- musiqa mashg‘ulotlariga, to‘garaklar, ijodiy markazlarga qatnashishlarini ota-onasi
tomonidan ham nazorat qilib borilishiga e’tibor qaratish;
- bolalar ishtirok yetadigan turli madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlarga
ularni ota-onalarini taklif qilish;
- ota-onalar uchun maxsus ma’ro‘za konsertlar, madaniyat, san’at vakillari bilan
uchrashuvlar tashkil yetish;
- bolalarga individual topshiriqlar berish, mustaqil shug‘ullanishlari va topshiriqlarni
bajarilishi yuzasidan ota-onalar fikrlarini so‘rab turish.
Bunday hamkorlik bo‘yicha tashkil yetiladigan ishlar bolalarni musiqa san’atiga bo‘lgan
qiziqishlarini, ularning musiqa bo‘yicha individual qobiliyat va iqtidorlarini o‘stirishga, iste’dod
kurtaklarini keng ochilishiga va musiqiy madaniyatni yuksalishiga imkon yaratadi.
Musiqa rahbari ko‘pchilik oldida musiqa targ‘ibotchisi sifatida chiqib o‘z faoliyatini
bajarishda rus musiqiy pedagogi D. V. Kabalevskiy aytganidek- “..o‘zining yeng asosiy
Dostları ilə paylaş: