Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


Musiqiy tarbiya vazifalari



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

Musiqiy tarbiya vazifalari: 

1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish. 

2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida). 

3.  Bolalarni  oddiy  musiqiy  tushunchalar  bilan  tanishtirish,  musiqa  tinglash,  kuylash,  musiqiy 

ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish. 

4.  Bolalarda  yemotsional  hisni  shakllantirish.  Ularda  lad  hissi,  ritm  tuyg‘usini  o‘stirish  va 




harakatni o‘tirish. 

5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida). 

6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida). 

Tarbiyachi  o’z  dasturiga  o‘zbek  kompozitor  va  bastakorlarning  bolalar  uchun  yozilgan 

kuy  va  qo‘shiqlaridan  kiritishi  lozim.  Musiqiy  asarlar  bolalarning  psixologik  xususiyatlarini, 

ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak.  

“Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  hamda  “Ta’lim  to‘g‘risidagi  Qonun”ga  tayanch 

sifatida  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  «  Ilk  qadam”  davlat  o’quv  dasturi  1991  yil 

M.Sh.Rasulova  tomonidan  ishlab  chiqildi.  2000  yilda  ushbu  dastur  qayta  nashr  qilindi  va  unda 

maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalar  yegallashlari  kerak  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarga qo‘yiladigan talablar, zamonaviy pedagogik jarayonni tashkil yetishga qo‘yiladigan 

talablar  o‘z  aksini  topgan.  Maktabgacha  bo‘lgan  davr  psixologiyada  ilk  bolalik  davri  deb 

yuritiladi hamda bolalikning yeng go‘zal va yesda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa 

tarbiyasi  bolalar  bog‘chasi  va  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  umumiy  fanlar  tarkibida 

o‘qitiladi.  

Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish 

borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: 

– bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok yetish; 

– estetik did va hissiyotni shakllantirish; 

– hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; 

– bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; 

– bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni o‘rgatish va hokazo. 

Uzluksiz  ta’lim  tizimida  maktabgacha  ta’lim  muhim  o‘rin  yegallaydi.  Hozirgi  kunda 

maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  ahamiyati  uzluksiz  ta’limning  oldingi  bosqichi  sifatida 

muhim  rol  o‘ynamoqda.  Shuning  uchun  har  bir  fanning  alohida  o‘qitilish  ahamiyati  oshib 

bormoqda.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalaridagi  har  bir  fanning  asosiy  vazifasi  bolalarni 

fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin