Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

 

 

 

 

 

 


9-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy didaktik o’yinlar

[4 SOAT] 

REJA: 

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim tarbiyasda musiqaviy didaktik o’yinlarning axamiyati. 

2.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  turli  yosh  guruhlarida  musiqaviy  didaktik  o’yinlarni 

o’tkazish. 

3. Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda musiqali didaktik o’yin psixologiyasi 

4. Musiqali didaktik o’yinlarning umumiy tasnifi 

 

Tayanch tushunchalar. Havaskorlik, his-hayajon ,jismoniy mashq, his-tuygu, o’yinning 

goyasi, maishiy turmushni aks yettiruvchi o’yinlar, yetnograf, san’atshunoslik, faylasuf, axloqiy 

munosabatlar. 

          O’yin  maktabgacha    yoshidagi  bolalarning  asosiy  faoliyati  bo’lib,  u  orqali  bola  shaxs 

sifatida  shakllanadi.  O’yin  bolaning  kelajakdagi  o’quv,  mehnat  faoliyati,  kishilarga 

munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. 

O’yin  qadim  zamonlardan  beri  pedagog,  psixolog,  faylasuf,  yetnograf,  san’atshunos  olimlar 

diqqatini  o’ziga  tortib  kelgan.  O’yin  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davridayoq  yuzaga  kelgan  bo’lib, 

jamiyat  hayotida  mehnatdan  keyin  turadi  va  uning  mazmunini  belgilaydi.  Ibtidoiy  jamoa 

qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks yettirganlar. Masalan, o’sha 

davrdagi  ba’zi qabilalarning  sholi sepish  jarayoni o’yinlar  bilan  juda  katta  tantana qilib  amalga 

oshirilar yedi. 

Ba’zi  hollarda  yesa  o’yin  mehnat  qilish  istagi  orqali  yuzaga  keladi.  Masalan,  ovchi 

tyulenni ovlash uchun uning oldiga hayvonga o’xshab sudralib, sirpanib boradi. 

Ayrim  hollarda  yesa  bola  o’z  o’yinida  oldin  kattalar  mehnatiga  taqlid  qiladi,  keyinchalik 

ularning  mehnatida  qatnashadi.  O’yin  yosh  avlodni  mehnatga  tayyorlaydi.  Bolalar  o’yinini 

bunday  tushunish  birinchi  marta  K.  D.  Ushinskiy  tomonidan  ta’riflab  berilgan  yedi.  U  o’z 

asarlarida bolalar o’yinining mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular 

shaxsining shakllanishiga ta’sir yetadi, deb yozadi.  

Bu  fikrni  P.  F.Lesgaft  ham  tasdiqlab,  bolalar  o’z  o’yinlarida  tevarak-atrofdan  olgan 

taassurotlarini  aks  yettiradilar,  deydi.  Bunday  faoliyat  bolaning  rivojlanishida  katta  ahamiyatga 

yegadir. 

Shunday  qilib,  o’yinning  ijtimoiy  voqea  yekanligini,  o’yinda  tevarak-atrofdagi  borliq  aks 

yettirilishini  ilgor  olim  va  pedagoglar  o’zlarining  kuzatish  va  ilmiy  tadqiqotlari  orqali  isbotlab 

berdilar.  

Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim: 

1) O’yin bilan mehnat o’rtasida to’gri munosabat o’rnatish; 

2)  O’yinda  bolalarning  bo’lajak  mehnat  ahliga  xos  bo’lgan  jismoniy  va  ruhiy  sifatlarini 

tarbiyalash. 

Shu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy 

faoliyatdir;  o’yin  doimo  haqiqiy  hayotni  aks  yettiradi.  Demak,  ijtimoiy  hayot  o’zgarishi  bilan 

uning  mazmuni  ham  o’zgaradi;  o’yin  ma’lum  maqsadga  yo’naltirilgan  ongli  faoliyat  bo’lib, 

uning  mehnat  bilan  ko’p  umumiyligi  bor  va  yoshlarni  mehnatga  tayyorlashga  xizmat  qiladi. 

O’yin  faoliyati  asosida  boladagi  o’quv  faoliyati  rivojlanadi,  bola  qanchalik  yaxshi  o’ynasa,  u 

maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi. 

Bolalarning  o’yini  nazariyasiga  (20  —  30-yillarda)  E.  A.  Flerina,  E.  I.  Tixeeva,  E.  A. 

Arkin kabi olimlar asos soldilar; keyinchalik R. YA. Lextman-Abramovich, F. I. Fradkipa, N. M. 

Aksarina,  A.  P.  Usova,  D.  V.  Mendjeritskaya,  R.  I.  Jukovskaya,  T.  A.  Markova,  S.  L. 

Novosyolova,  E.  V.  Zvorigina  va  boshqalarning  tadqiqot  ishlari  bolalar  o’yini  mavzuini  ishlab 

chiqishga bagishlandi. 

Bolalar o’yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari L. S. Vigotskiy, A. N. Leont’ev, 

D.  B.  yel’konin,  A.  V.  Zaporojets  kabi  psixologlar  va  ularning  davomchilari  ilmiy  tadqiqot 

ishlarida o’z aksini topdi. A. V. Zaporojets bolalar o’yinini ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi 



natijasida uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida 

bolalar o’yinining o’ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini o’rganish zarurligini ta’kidlaydi. 

Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa, 

buyum    o’yin  faoliyati  hisoblanadi.  Uning  mazmuni  qo’l  ishidagi  murakkab  va  nozik 

harakatlardir. 

Keyingi  bosqich  aks  yettirish  o’yini  hisoblanadi.  Bu  ilk  yoshli  bolalar  o’yini  psixologik 

mazmunining  rivojlanishida  yeng  yuqori  nuqta hisoblanadi.  Kattalar  ta’lim-tarbiyaviy  ish-larini 

ma’lum  izchillik  bilan  olib  borsalar,  bu  yoshdagi  bolalar  narsa  va  buyumlar  nomini,  nimaga 

ishlatilishini  bilib  oladilar  va  bu  yangi  bilimlarni  o’z  o’yinlarida  qo’llay  bosh-laydilar.  Bu 

yoshdagi bolalar o’yini mazmuni juhatidan predmetli faoliyatni aks yettiradi. 

Birinchi  yoshning  oxiri  va  ikkinchi  yoshdagi  bolalar  o’yinida’  syujetni  aks  yettirish  yuzaga 

keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks yettiradi. Masalan, 

qoshiq  bilan  ovqat  yeyiladi,  piyoladan  choy  ichiladi,  karavotda  yotiladi,  qo’girchoqni  «onasi» 

yerkalaydi  va  hokazo.  Shuning  asosida  syujetli-rolli  o’yinning  dastlabki  qirralari  yuzaga  kela 

boshlaydi. 

        Navbatdagi bosqich rolli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati 

va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks yettiradilar. 

Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’grisidagi ilmiy tasavvurlar har xil 

yosh  guruhlarida  bolalarning  o’yin  faoliyatiga  rahbarlikning  aniq  sistemali  tavsiyalarini  ishlab 

chiqish imkoniyatini yaratdi. 

Shunday  qilib,  bolalar  bogchasining  pedagogik  jarayonida  o’yinning  tutgan  o’rni  juda  katta 

bo’lib,  o’yindan  maktabgacha    yoshidagi  bolalarni  tarbiyalash  va  ularga  ta’lim  berishda  keng 

foydalaniladi. Zero: 

—  o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; 

—  o’yin maktabgacha  yoshidagi bolalar hayotini tashkil yetish shaklidir: 

—  o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; 

—  o’yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir; 

         ---  o’yin  bolalarni  o’quv  faoliyatiga  tayyorlash  vositasidir.  Taniqli  pedagog-olimlarning 

olib borgan   tadqiqotlari 

o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o’yinning mazmuni, tashkil yetilishi, tuzilishi, 

bolalarning  axloqiy  munosabatlari,  bolalar  o’yinining  rivojlanish  darajasiga  ta’sir  yetish 

mumkinligini ko’rsatdi. 

Bolalar o’yini o’zining mazmuni, xususiyati, tashkil yetilishiga ko’ra xilma-xildir, shuning 

uchun uni quyidagicha turkumlarga ajratiladi: 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin