Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

1. Ijodiy o’yinlar. 

2. Qoidali o’yinlar. 

Ijodiy  o’yinlarni  bolalar  o’zlari  o’ylab  topishadi.  Unda  oldindan  belgilangan  qoidalar 

bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi. 

Ijodiy o’yinlarga dramalashgan o’yinlar, qurilish o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan 

o’yinlar kiradi. 

Qoidali  o’yinlarning  mazmuni  va  qoidasi  kattalar  tomonidan  belgilanadi.  Qoidali  o’yinlarga 

quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar,  harakatli o’yinlar,  musiqaviy o’yinlar, yermak o’yinlar. 

Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’gri rahbarlik 

qilish  «Bolajon dasturi»da belgilangan vazifalarii muvaffaqiyatli amalga  oshirishni ta’minlaydi. 

O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni bogcha yoshi davrida 

yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini 

ta’mknlovchi   sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. 

O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta’sir  yetgan  holda shakllanadi. 

O’ynayotgan  bolani  kuzatayotib  uning  qiziqishlarini,  tevarak-atrof  to’grisidagi  tasavvurini, 

kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin. 

Shaxsdagi  biron  sifatni  tarbiyalash  uchun  uning  boshqa  tomonlarini  ham  rivojlantirish 

kerak.  Masalan,  bolaning  o’yinga  qiziqishiii,  tashkilotchilik  qobiliyatini  rivojlantirish  uchun 



mazmun  jihatdan  boy  o’yinlar  yaratilishi  kerak.  Bolalarning  ijodiy  o’yinlarini  rivojlantirish 

uchun yesa o’z navbatida yaxshi tashkil qilingan bolalar jamoasi zarur bo’ladi. 

O’yin  bolalarni  jismoniy  tomondan  tarbiyalash  sistemasida,  bogchaning  ta’lim-tarbiya 

ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o’rin tutadi. 

O’yinda  yosh  organizmga  xos  bo’lgan  talab  va  yehtiyojlar  qoniqtiriladi,  hayotiy  faollik  ortadi, 

bardamlik,  tetiklik,  quvnoqlik  tarbiyalanadi.  Shuning  uchun  ham  bolalarni  jismoniy  tarbiyalash 

sistemasida  o’yin  munosib  o’rin  yegallaydi.  Atoqli  pedagog  va  shifokor  E.  A.  Arkin  o’yinni 

ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan. 

O’yin  ta’lim  va  mashgulotlar  bilan,  kundalik  hayotdagi  kuzatishlar  bilan  uzviy  bogliq 

bo’lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga yegadir. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim yegallash 

jarayoni  yuzaga  keladi,  bu  bolaning  aqliy  kuchini  ishga  soladi,  tafakkurni,  xayolni,  diqqatni, 

xotirani  faollashtirishni  talab  qiladi.  Bola  masalalarni  mustaqil  hal  qilishga  o’rganadi,  o’ylagan 

narsasini  amalga  oshirish  uchun  yaxshiroq  va  osonroq  usul  o’ylab  topadi,  o’z  bilimlaridan 

foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi. 

       O’yinda  aks  yettirilayotgan  narsani  bilib  olishga  qiziqish  uygonadi.  Ko’pincha  o’yin 

bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. 

Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish 

sari  ularda  bo’lajak  mutaxassislik,  yaxshi  ko’rgan  qahramonlariga  taqlid  qilish  kabi  dastlabki 

orzular paydo bo’ladi. 

A.  V.  Zaporojets  o’yinning  ahamiyati  haqida  gapirar  yekan,  o’yinda  tevarak-atrofdagi 

predmet va voqealarning umumlashgan tipik obrazlari sistemasini yaratish qobiliyati rivojlanadi, 

keyin ular har xil qilib o’zgartiriladi.  Bolaning kelajakdagi butun rivojlanishi uchun xayol  yoki 

obrazli tafakkurning bunday rivojlanish xususiyati bebaho qimmatga yegadir, deydi. 

      Ijodiy  o’yinni  tor  didaktik  maqsadlarga  bo’ysundirib  bo’lmaydi,  bu  o’yin  yordamida  juda 

katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. 

      Qoidali  o’yin  bolaning  sensor  rivojlanishini,  tafakkur  va  nutqini,  ixtiyorsiz  diqqatini  va 

xotirasini,  har  xil  harakatlarini  muntazam  ravishda  mashq  qildirib  borish  imkonini  beradi.  Har 

bir  qoidali  o’yin  ma’lum  didaktik  maqsadga  yega  bo’lib,  bolani  umumiy  rivojlantirishga 

qaratilgan bo’ladi.  Ta’limning  o’yin shaklida bo’lishi  muhim ahamiyatga  yega  bo’lib,  bolaning 

yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy  faolligini  oshiradi, o’yinda bola 

mashgulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu  ta’lim butunlay o’yin 

shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli-tuman usullar va metodlarni qo’llashni talab 

yetadi.  

      O’yin ta’limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina 

yaxshi  natija  beradi,  bular  kuzatish,  suhbat,  o’qib  berish  va  hokazolardir.  Bola  o’ynayotib,  o’z 

bilimidan  foydalanishga,  uni  har  xil  sharoitda  ishlata  bilishga  o’rganadi.  Ijodiy  o’yinlarda 

bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo’l ochiladi. 

O’yinda  aqliy  rivojlanish  bilan  bogliq  holda  axloqiy  sifatlar  ham  shakllanadi.  O’yin 

jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada 

yaxshi  hislarni,  ulugvor  orzular  va  intilishlarni,  soglom  qiziqishlarni  tarbiyalashga  yordam 

beradi.  O’yinda  bola  o’z  xulqini  boshqarishga,  qiyinchilikni  yengishga,  o’z  maqsadiga  qat’iy 

turib yetishishga o’rganadi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari 

bilan  aloqa  qilishga  kirishadilar.  Ularni  umumiy  maqsad,  unga  yerishishdagi  umumiy 

kechinmalar  birlashtiradi.  Shuning  uchun  o’yin  do’stona  munosabatlarni  tarbiyalashda,  jamoa 

hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb yetadi. 

Birgalikdagi  o’yin  bilan  birlashgan  kichik  bolalar  jamoasida  murakkab  munosabatlar  vujudga 

keladi.  

Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, 

haqqoniylikka,  o’rtoqlarini  javobgarlikni  sezishga  asoslaigan  munosabatlar  o’rnatishdan 

iboratdir.  O’yinni  bolalar  o’z  ixtiyorlari  bilan  o’ynaydilar,  ammo  boshqa  hech  bir  faoliyatda 

o’yindagi singari bolalarning hulqi bilan bogliq bo’lgan qat’iy qoida yo’q. Bunday qat’iy qoida 

ijodiy  o’yinga  ham,  qoidali  o’yinga  ham,  qoidani  bolalar  o’zlari  o’rnatadigai  o’yinga  ham 




tegishlidir.  

Mana  shuning  uchun  ham  o’yin  bolalarni  iitizomli  qiladi,  ularni  o’z  harakatlari  va  fikrlarini 

qo’yilgan maqsadga bo’ysundirishga o’rgatadi. 

      O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har 

xil  kasbdagi  kishilarii  aks  yettiradilar,  bu  bilan  ular  kattalarning  harakatigagipa  taqlid  qilib 

qolmay,  shu  bilan  bir  qatorda  ularning  ishiga,  mehnatga  bo’lgan  munosabatlarini  ham  aks 

yettiradilar.  O’yin  bolada  ko’pincha  mehnat  qilish  xohishini  uygotadi,  o’yin  uchun  kerakli 

narsalarni  tayyorlash  va  yasashga  majbur  qiladi.  O’yiida  hozirgi  zamon  bolalariga  xos  bo’lgan 

texnikaga  qiziqish paydo  bo’ladi va  rivojlanadi,  bolalar  har  xil  mashinalar  yasaydilar  va  texnik 

o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar. 

      O’yin  yeststik  tarbiyaning  muhim  vositasidir.  O’yinda  ijodiy  xayol,  fikrlash  qobiliyati 

yuzaga  keladi  va  rivojlanadi.  YAxshi  tanlapgan  o’pinchoq  badiiy  didni  tarbiyalashga  yordam 

beradi.  Harakatli  o’yinlarda  harakatning  go’zalligi  va  maromi  bolalarni  o’ziga  maftun 

qiladi.O’yinning  katta  tarbiyalovchi  ahamiyati  o’z-o’zidan  amalga  oshmaydi.  O’yin  befoyda, 

hatto  zararli  bo’lishi,  ba’zan  yomon  qiziqishlarni,  yomon  hislarni  qo’zgotishi  mumkin. 

Tarbiyachi  o’yin  yordamida  bolalarni  har  tomonlama  rivojlantirish  vazifasini  amalga  oshirish 

uchun unga muntazam ravishda ta’sir ztib borishi zarur. 

Bu  vazifani  hal  yetishda  o’yin  bolalar  bogchasidagi  ta’lim-tarbiyaviy  ishning  hamma 

tomonlari  bilan  boglangan  bo’lishi  kerak.  O’yinda  bolalarning  mashgulotlarda  olgan  bilim  va 

malakalari  aks  yetadi  va  rivojlantiriladi,  ular  orqali  yesa  bola  hayotga  o’rgatiladi.  Ikkinchi 

tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi. 

       Pedagogik  jarayonda  o’yinning  tutgan  o’rni.  Bolalar  bogchasidagi  pedagogik  jarayonni 

maktabgacha    yoshidagi  bolalarning  o’sib  kelayotgan  yosh  organizmi  xususiyatlarini  e’tiborga 

olgan holda ularni yaxshi tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan qilib tashkil yetish 

lozim.  Buning  uchun  bolalar  hayotini  tashkil  yetishda  o’yin  yetakchi  o’rin  yegallashi  lozim. 

Bolalar  o’yiniga  ajratilgan  vaqtni  mashgulot  yoki  kun  tartibidagi  boshqa  tadbirlarni  cho’zib 

yuborish orqali yegallash mumkin emas. 

“Bolajon”  dasturida  har  kungi  kun  tartibiga  ovqatlanish,  badan  tarbiya,  mashgulotlar 

o’tkazish  bilan  bir  qatorda  o’yin  ham  kiritilgan.  O’yin  bolalar  hayotini  tashkil  yetish  shakli 

sifatida kichik guruhdan (uchinchi yoshdan) boshlanadi. 

O’yin  yertalab  nonushtagacha  (15—20  daqiqa)  boshlanadi  va  nonushtadan  keyin, 

mashgulotlar o’rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o’tkaziladi.  yertalab rolli o’yinlar, qurish-

yasash, harakatli (to’p bilan) o’yinlarni tashkil qilish tavsiya yetiladi. 

Mashgulot  o’rtasida  harakatli,  qoidali  o’yinlar  o’tkaziladi.  Ular  asosan  mashgulotning 

mazmuniga bogliq bo’ladi. 

Ochiq  havodagi  o’yinlarga  yugurish,  otish,  sirpanish  bilan  bogliq  bo’lgan  o’yinlar,  qoidali 

o’yinlar  («Ayyor  tulki»,  «Oq  terakmi  ko’k  terak»)  kiradi.  Shuningdek,  qurilish,  rolli,:  sport 

o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar (qum, suv, loy bilan), didaktik o’yinlar, 

bolalarning  harakatini  rivojlantiruvchi  o’yinlar,  dramalashtirilgan  o’yinlar  bo’ladi.  Tarbiyachi 

hamma o’yinlarga rahbarlik qiladi. 

        Kunduzgi uyqudan keyingi o’yinlarga qurilish o’yinlari, yertak bo’yicha qo’yiladigan o’yin, 

rolli o’yinlar, didaktik o’yinlar va hokazolar kiradi. 

O’yinlarning  turlari,  mazmuni  ularni  har  bir  yosh  guruhlari  bo’yicha  tashkil  yetishni  taqozo 

qiladi. O’yin pedagogik jarayonda mehnat va ta’lim, bolalarning boshqa faoliyatlari bilan o’zaro 

bogliq holda olib boriladi. 

       O’yinda  bolalar  tevarak-atrofdagi  voqelikni  amaliy  jihatdan  o’zlashtirib  boradi.  Bolalar 

o’yin  jarayonida  bilimlarni  o’zlashtirish,  uni  takomillashtirishni  asosiy  maqsad  qilib 

qo’ymaydilar,  biroq  kattalardek  harakat  qilish,  boshqa  bolalar  bilan  aloqaga  kirishish,  o’yin 

vazifalarning  jozibadorligi,  musobaqa  va  shunga  o’xshashlar  bolaning  bilimlarini  yegallab, 

mustahkamlab borishini taqozo yetadi. Bolalar hatto didaktik o’yinlarni ham biron narsani bilib 

olish  uchun  o’ynamaydilar.  Ammo  o’yin  jarayonida  bolaning  bilimi  o’zi  sezmagan  holda  o’z-

o’zidan takomillashib boradi. 




Ta’lim  jarayonida  (mashgulotlarda)  bolalarning  bilimini  shakllantiruvchi  aniq  maqsad 

qo’yiladi.  Tarbiyachi  bolalarni  yangi  bilimlardan  xabardor  qiladi,  ularda  o’quv  faoliyatining 

yeng oddiy malakalarini shakllantirib boradi. Ta’limning xususiyati va mazmuni bolalar o’yinlari 

mazmuniga ta’sir yetib, uni rivojlantiradi.  

Mashgulotlarda,  yekskursiyalarda  yegallangan  bilimlar  bolalarning  o’yin  faoliyatini, 

qiziqishlarini rivojlantiradi. 

Ikkinchi tomondan, har xil metodlar bilan o’tkaziladigan mashgulotlarda turli-tuman o’yin 

usullaridan  ham  foydalaniladi.  Bunday  usullar  bolalar  diqqatini  to’plash,  ular  idrokini 

faollashtirish, bilimlarni to’laroq o’zlashtirib olish imkonini yaratadi. 

Pedagogik jarayonda mehnat bilan o’yin o’rtasida umumiylik va farq borligini ham aytib o’tish 

kerak. Bolalarning qo’l mehnati o’yin bilan bevosita bogliq. Ayniqsa katta guruh-ga borganlarida 

bolalar  mavjud  o’yinchoqlar  bilan  o’ynabgina  qolmay,  yetishmaganlarini  o’zlari  kattalar 

yordamida qogoz, yogoch, karton, tabiiy materiallardan yasab oladilar. 

O’yinning mehnat bilan bogliqligi shundaki, bolalar o’zlariniig o’yinchoqlarini har doim avaylab 

saqlab boradilar. 

       Keyingi  yillarda  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari    natijalari  shuni  ko’rsatdiki,  kichik 

guruhlardagi  mehnat  faoliyatiga  o’yin  xususiyatlarini  kiritishni  taqozo  yetadi.  Ma’lum 

bo’lishicha avval bolalar kattalar mehnat jarayonini qanday bajarganlarini o’zlashtirib olib, keyin 

o’z o’yinlarida buni aks yettirar yekanlar, shundan keyingina mustaqil mehnat faoliyatiga o’tar 

yekanlar.  Bolalar  mehnati  qiziqarli  bo’lishi  uchun  uni  ko’pincha  o’yin  tarzida  o’tkaziladi. 

Masalan,  maydonchani  tozalaganda  bolalar  axlatlarni  zambillarda    tashish    o’rniga,  

mashinalarida tashiydipar, ustaxonada kartonlardan qutichalar yasaydilar. Bolalar o’z o’yinlarida 

kattalar  mehnatini  aks  yettirishlari  ularda  bu  mehnatga  hurmatni  shakllantirib  boradi.  Bu  ham 

o’yinnipg mehnat bilan bogliqligiga misol bo’la oladi. 

Shunday  qilib,  o’yin  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  pedagogik  jarayonda  bolalarning  butun  hayotini 

qamrab oladi va uning qiziqarli o’tishini ta’minlaydi. 

Bolalar  o’yinining  o’ziga  xosligi  shundaki,  u  tevarak-atrofdagi  hayotni,  kishilarning 

faoliyati,  ishlari,  harakatlarini,  ularning  ish  jarayonidagi  o’zaro  munosabatlarini  aks  yettiradi. 

O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro stantsiyasi, temir yo’l vagoni bo’lishi 

mumkin va h. k. 

Bolalar o’yinining yana bir xususiyati — uning havaskorlik tarzida bo’lishidir (xususiy faoliyat). 

Bu uning tashqi belgilari bo’lmay, balki haqiqiy mohiyatidir.  

     O’yinning ijodkori,  yaratuvchisi — bolalardir. Ular o’yinda o’zlariga tanish bo’lgan hayotiy 

voqea va hodisalarni ularga bo’lgan munosabatlarini aks yettiradilar. 

Bolalar  o’yinining  yana  bir  o’ziga  xos  xususiyati  —  unda  harakat,  so’z  va  obrazlarning  o’zaro 

boglanib  ketishidir.  O’yinda  bola  o’zi  aks  yettirayotgan  qahramonning  his-hayajoni, 

kechinmalari,  harakatlari  bilan  yashaydi.  Shuning  uchun  ko’pincha  uning  ismini  aytib 

chaqirishganda,  u  javob  bermay,  shunday  deydi:  Men  «Komil  emasman,  kapitanman».  Shunda 

tarbiyachi:  «O’rtoq  kapitan,  sizning  kemangiz  yaqinda  dengizga  chiqadi.  Matroslar  kuchli  va 

soglom  bo’lishlari  kerak.  Ularni  jismoniy  mashqqa  saflantiring»,  deydi.  Shunda  kapitan   savlat 

bilan xursand holda: «Badan tarbiyasiga saflaning», deb komanda beradi. 

Bola  hech  qachon  jim  o’ynamaydi,  bitta  o’zi  o’ynasa  ham  u  o’yinchoq  bilan  gaplashadi,  o’zi 

tasvirlayotgan  qahramon  bilan  muloqat  o’rnatadi,  onasi,  bemor,  shifokor  xullas  hamma-

hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. 

      Nutq  o’yin  jarayonida  juda  katta  ahamiyatga  yega.  Nutq  orkali  bolalar  fikr  almashadi,  o’z 

his-tuygu,  kechinmalarini  o’rtoqlashadi.  So’z  bolalar  o’rtasida  do’stona  munosabatlar 

o’rnatilishiga,  tevarak-atrofdagi  hayot  voqealari  va  faktlariga  bir  xilda  munosabatda  bo’lishga 

yordam beradi. 

O’yinda  obraz,  o’yin  harakati,  so’z  o’zaro  boglanib,  o’yin  faoliitining  asosiy  negizini  tashkil 

yetadi, borliqni aks yettirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. 

Bolalarning  o’zi  yaratgan  o’yindan  kelib  chiqadigan  yoka  kattalar  tomonidan  taklif  yetilgan 

o’yinning  goyasi,  mazmuni,  o’yin  harakatlari,  rollar,  o’yin  qoidalari  uning  tuzilishini  tashkil 




yetuvchi qirralardir. 

       O’yinning  goyasi  —  bu  nima  o’ynashni  belgilab  olish:  «do’kon»,  «shifoxona», 

«uchuvchilar»,  «ona-bola»  («Oila»),  «bolalar  bogchasi»  va  shunga  o’xshashlar.  O’yin 

mazmuniga,  goyasiga,  qarab  bolalariing  bunday  o’yinlarini  bir  necha  o’ziga  xos  guruhlarga 

bo’lish mumkin: 

         a)    maishiy turmushni aks yettiruvchi o’yinlar («oila», «bolalar bogchasi», «shifoxona»    

b) kishilarning yaratuvchilik mehnatini aks yettiruvchi o’yinlar (metro qurilishi, dehqonlar   

mehnati, uy, korxonalarning qurilishi va h. k.); 

v)  ijtimoiy  voqealarni,  an’analarni  aks  yettiruvchi  o’yinlar      (bayramlar,  namoyishlar, 

sayohat;    mehmonlarni kutish. 

          O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqealar aks 

yetishi ham mumkin. Goya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi bo’lib, uning rivojlanishini, o’yin 

xarakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro boglanishini belgilab beradi.   

         O’yinning  qiziqarli  bo’lishi  va  unda  bolalarning  qanday  ,  ishtirok  yetishlari  o’yin 

mazmuniga  bogliq.  O’yinda  bola  ijro  yetadigan  rol’—o’yinning  asosiy  o’zagi  va  tarkibiy 

xususiyatidir. Shuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan. Bola 

olgan roliga qarab, o’sha obrazga kirib ketadi va uning rostligiga ishonadi. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin