Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining yeng
sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘Shiq va o‘yinlar Qorbobo,
Qorqiz va turli yertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok yetib, bolalar bilan xursandchilik
qiladilar.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat
udumlarini aks yettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining
boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlaShtirish, mehnatni
ulug‘laSh kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam yetadi. Qo‘Shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar
va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha Sharoitidan kelib chiqqan holda,
zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.
Qadimda Sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar.
Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan
foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘Shiqlar yangraydi.
8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va
ulkan muhabbatlarini qo‘Shiq, She’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini
ye’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim yetadilar. Ular
uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyuShtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan
qo‘Shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xuShchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta
ahamiyatga yega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar
bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram
dasturiga kiritish kerak.
Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil
yetish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini Shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib,
buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish yesa
bolalar ma’naviyatini oShiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yaShaydigan
barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘Shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga
nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin yegallaydi.
Dostları ilə paylaş: |