Tadbirning borishi:
Boshlovchi har bir komandaga bir vaqtda yoki birin-ketin u yoki bu topshiriqni bajarishni
taklif etadi. Yuqorida taxminiy savol va topshiriqlar berilgan. Har bir maktabgacha ta’lim
muassasasi
musiqa
rahbarlari
va
tarbiyachi
pedagoglari
ijodiy
yondoshgan
va
tarbiyalanuvchilarning imokniyatlaridan kelib chiqqan holda, shunga o’xshash topishiriqlarni
o’ylab topishlari mumkin.
Bolalar hay’at a’zolari bilan tanishtiriladilar. Uning tarkibiga muassasa rahbari, metodist,
tarbiyachi va ikki nafar tarbiyalanuvchi kiritilishi mumkin. Bolalarga ikki komanda o’zaro
bellashishi, har bir to’g’ri bajarilgan shart yoki to’g’ri javob uchun komanda bittadan fishka
bilan taqdirlanishi tushuntiriladi.
Konkurs yakunida har bir komandaning to’plagan fishkalari soniga ko’ra g’olib komanda
aniqlanadi va maxsus shirinlik bilan taqdirlanadi.
Izoh: 1) bir tadbir davomida bolalar 7-8 topshiriqni bajaradilar; 2) agar sardor topshiriqni
uddalay olmasa, uning komandasidan biror ishtirokchi yordamga kelishi mumkin; 3) topshiriqlar
orasiga o’yin-attraktsionlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |