1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqaviy ta’lim – tarbiya berish metodlari va usullari.
Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va
Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda
«faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan
ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va kunikmasini orttirib borishga qaratilgan buladi.
Bolalarnig yoshi qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan
Bilim olishning ikkinchi manbai pedagog suzidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz
ta’minlaydi.
Uchinchi manba bolalarning bevosita musiqa bilan shugullanishidir, chunki musiqa bilan
shugullanmasdan, uni mashq qilmasdan, qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlar qilish
ko’nikmalarini yuzaga keltirish, shu soxa bilan bogliq bilimlarni o’zlashtirish ham mumkin
emas. Binobarin,faqat praktik faoliyatgina har tomonlama rivojlanishga yerdam beradi, ijtimoiy
hodisalarga to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi, tashab buskor, ongli va aktiv bo’lishga imkon
yaratadi.
Shunday qilib, biz musiqaviy tarbiya metodlarini tanlashda - jonli kuzatuvdan abstrakt
fikrlashga va undan praktikaga qarab borishga tayanamiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o’zaro uzviy
boglangan uchta metodi bor:
1) ko’rgazmali metodi;
2) so’zlab berish metodi;
3) amaliy faoliyat metodi.
Bu metodlarning har biri ma’lum spetsifik xususiyatlardan kelib chiquvchi qator
usullarni o’z ichiga oladi. O’rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan musiqa
mashg’ulotining konkret vazifasi, ijro yetilayotgan musiqa materialining murakkabligi,
o’qitishning yetaplari va bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Bolalarga
turli metodik usullardan foydalangan holda musiqaviy ta’lim-tarbiya berishda pedagogik
quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
a) bolalarga tavsiya yetilayotgan musiqa materialining badiiyligini va uning sifati
ijrosini ta’minlash;
b) muayyan bolalar kollektivining o’ziga xosligini, uning umumiy va musiqaviy
taraqqiyot darajasi, uyushqoqligini hisobga olish;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani obrazli va aniq idrok yeta olishini
e’tiborga olish;
g) asar mazmunini va musiqaviy ifoda vositalarini bolalar hissiyotini va ongiga yetkaza
bilish;
d) bolalarni aktivlashtirish, ularning yetiborini musiqa sadosiga torta bilish;
e) ga’lim berish jarayonida bolalarda musiqaviy obrazni idrok yetish qobiliyatini
tarbiyalash.
Yuqorida keltirilgan metodlarning har birini alohida ko’rib chiqaylik:
Dostları ilə paylaş: