faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi musiqa
asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi,
1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va raqslarni
qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz
bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o’zlashtirila boshlangan
dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi
tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o’yinlarni ijro
yetishda qo’llanishi mumkin. Obrazli hikoya bolalarning qiziqishini, ularning yemotsional
kechinmalarini kuchaygiradi, obrazlarni anglab olish qobiliyatini orggiradi, tasavvurni
rivojlantiradi. Obrazli hikoya musiqa asarining syujet yo’li rivojiga aynan mos bo’lishi kerak.
Quyida kompozitor Ye.Ttsldchyovaning «Quyoncha» va «Ayiq» asaridan «Quyon» va «Ayiq»
musiqasini syujetli ijro yetish bo’yicha obrazli hikoya qilishga misol keltiramiz: «O’rmonda qish
tongi. Yalanglikda quyonlar chopishadi, aylanishadi, sakrab-sakrab o’zlarini isitishadi, Ular
o’yinga shu darajada berilib ketishdiki, hatgo o’z uyasida uxlab yotgan ayiqni uyg’otib
yuborishdi. Ayiq o’rnidan turib, uyqusiga kim halaqit berayotganini ko’rgani ketdi. Quyonlar
ayiqni ko’rib tumtaraqay qochishdi, butalar orasiga berkinishdi. Ayiq ketgandan so’ng yana
yalanglikka chiqib sakray boshlashdi»;
2) izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang turli
yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo’lishi ko’gshncha
tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan
bo’lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o’rgatadi. Masalan, bolalar biror
narsani o’rganish jarayonida pedagog ko’rsatayotgan harakatlarni u bilan izma-iz takrorlay
boshlasa, pedagog ularga «harakat qilmay, e’tibor bilan tinglang va bu harakatlarning qanday
bajarilishini oldin ko’rib oling» deydi, qo’shiq aytish o’rgatilayotgan bulsa (masalan, «Kotya,
Kotyonka, Kotok») va bunda cho’ziq notalarni qanday aytish kerakligi tushuntirilishi lozim
bo’lsa unda pedagog bolalarga «qani, keling, o’zimizni bir tinglab ko’raylik, oxirgi notani
hamma cho’zib kuylaganmikin, kotik ham yeshitsin uchun bu notani uzoq cho’zishdimikin» deb
izoh beradi;
3) ko’rsatma berish. Ko’rsatmalar odatda bolalar turli o’yin, raqs va mashiqlarni
bajarayotgan paytda beriladi. Masalan, «O’ng yelka tomondan aylanish kerak», «Oyoq
barmoqlarini pastga cho’zing» kabi. Bunday ko’rsatmalar u yoki bu harakatni qanday bajarish
kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog’liq tushunchalarni aniqlashga
yordam beradi;
4) poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro yetishdan oldin kichikroq prozaik yoki
poetik asarni yoxud ulardan biror parchani o’qitish (o’qib berish) bolalarning musiqa asari
obrazini chuqurroq his yetish va tupgunib olishga yordam beradi. Masalan, P.I.Chaykovskiyning
«To’rg’ay» («Javoronok») asarini ijro yetigtsdan oldin bolalarga V.A.Jukovskiyning quyidagi
to’rtligini o’qib berish mumkin:
Quyoshda qora o’rmon qizg’ish tus oldi, Vodiydagi siyrak bug’ bir oz oqargay. Shunda
tong qo’shigini kuylashga tushdi, Moviy osmonda uchgan ovozdor to’rg’ay.
Ba’zan yangi ko’shiq tinglashdan oldin pedagog qo’shiq tekistini bolalarga o’qib berishi
ham mumkin;
5) suhbat. U odatda musiqa tinglab bo’lganidan so’ng o’tkaziladi. Suhbat jarayonida
bolalar musiqadan olgan ta’surotlari haqida gapirishadi, unda ifodalangan obrazlar va
hodisalarga munosabat bildirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat
oildirishadi, baho berishadi. Bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar qisqa lo’nda va ta’sirchan
bo’lishi kerak;
6) bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar doimo savollar yordamida bo’ladi. Pedagog
asar mazmuni bilan bog’liq holda bolalarga savollar berar yekan, bu savollarni ortiqcha
detallashtirmasligi qerak. Savollar yordamida badiiy obrazning mazmuni, xaraqteri
oydinlashtiriladi, musiqa asarlarining ta’sir kuchini ta’minlovchi forma va vositalar aniqlanadi.
Masalan, raqs kuyi ijro yetilgandan so’ng pedagog bolalardan «Men ijro qilgan kuy raqs kuyimi
yoki marshmi?», Bu musiqaning xarakteri qanaqa?», «.Bu kuyga qanday harakat mos keladi?»
deb so’rashi mumkin;
7) tanbeh berish. Bu usuldan bolaning ma’lum sabablarga ko’ra diqqati bo’linganda va
xayoli asosiy vazifadai chetga chiqqanda foydalao’nidadi. Tanbeh berish jiddiy bo’lishi, ammo
odob doirasidan chetga chiqmasligi kerak.