1. Ijodiy o’yinlar.
2. Qoidali o’yinlar.
Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar
bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi.
Ijodiy o’yinlarga dramalashgan o’yinlar, qurilish o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan
o’yinlar kiradi.
Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga
quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, yermak o’yinlar.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’gri rahbarlik
qilish «Bolajon dasturi»da belgilangan vazifalarii muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.
O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni bogcha yoshi davrida
yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini
ta’mknlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta’sir yetgan holda shakllanadi.
O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’grisidagi tasavvurini,
kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish
kerak. Masalan, bolaning o’yinga qiziqishiii, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun
mazmun jihatdan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish
uchun yesa o’z navbatida yaxshi tashkil qilingan bolalar jamoasi zarur bo’ladi.
O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bogchaning ta’lim-tarbiya
ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o’rin tutadi.
O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va yehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi,
bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash
sistemasida o’yin munosib o’rin yegallaydi. Atoqli pedagog va shifokor E. A. Arkin o’yinni
ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan.
O’yin ta’lim va mashgulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bogliq
bo’lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga yegadir. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim yegallash
jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni,
xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan
narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan
foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi.
O’yinda aks yettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uygonadi. Ko’pincha o’yin
bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish
sari ularda bo’lajak mutaxassislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki
orzular paydo bo’ladi.
A. V. Zaporojets o’yinning ahamiyati haqida gapirar yekan, o’yinda tevarak-atrofdagi
predmet va voqealarning umumlashgan tipik obrazlari sistemasini yaratish qobiliyati rivojlanadi,
keyin ular har xil qilib o’zgartiriladi. Bolaning kelajakdagi butun rivojlanishi uchun xayol yoki
obrazli tafakkurning bunday rivojlanish xususiyati bebaho qimmatga yegadir, deydi.
Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysundirib bo’lmaydi, bu o’yin yordamida juda
katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o’yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har
bir qoidali o’yin ma’lum didaktik maqsadga yega bo’lib, bolani umumiy rivojlantirishga
qaratilgan bo’ladi. Ta’limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyatga yega bo’lib, bolaning
yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o’yinda bola
mashgulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim butunlay o’yin
shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli-tuman usullar va metodlarni qo’llashni talab
yetadi.
O’yin ta’limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina
yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, o’qib berish va hokazolardir. Bola o’ynayotib, o’z
bilimidan foydalanishga, uni har xil sharoitda ishlata bilishga o’rganadi. Ijodiy o’yinlarda
bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo’l ochiladi.
O’yinda aqliy rivojlanish bilan bogliq holda axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin
jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada
yaxshi hislarni, ulugvor orzular va intilishlarni, soglom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam
beradi. O’yinda bola o’z xulqini boshqarishga, qiyinchilikni yengishga, o’z maqsadiga qat’iy
turib yetishishga o’rganadi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari
bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga yerishishdagi umumiy
kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa
hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Birgalikdagi o’yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga
keladi.
Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka,
haqqoniylikka, o’rtoqlarini javobgarlikni sezishga asoslaigan munosabatlar o’rnatishdan
iboratdir. O’yinni bolalar o’z ixtiyorlari bilan o’ynaydilar, ammo boshqa hech bir faoliyatda
o’yindagi singari bolalarning hulqi bilan bogliq bo’lgan qat’iy qoida yo’q. Bunday qat’iy qoida
ijodiy o’yinga ham, qoidali o’yinga ham, qoidani bolalar o’zlari o’rnatadigai o’yinga ham
tegishlidir.
Mana shuning uchun ham o’yin bolalarni iitizomli qiladi, ularni o’z harakatlari va fikrlarini
qo’yilgan maqsadga bo’ysundirishga o’rgatadi.
O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har
xil kasbdagi kishilarii aks yettiradilar, bu bilan ular kattalarning harakatigagipa taqlid qilib
qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatga bo’lgan munosabatlarini ham aks
yettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish xohishini uygotadi, o’yin uchun kerakli
narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O’yiida hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan
texnikaga qiziqish paydo bo’ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik
o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar.
O’yin yeststik tarbiyaning muhim vositasidir. O’yinda ijodiy xayol, fikrlash qobiliyati
yuzaga keladi va rivojlanadi. YAxshi tanlapgan o’pinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam
beradi. Harakatli o’yinlarda harakatning go’zalligi va maromi bolalarni o’ziga maftun
qiladi.O’yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o’z-o’zidan amalga oshmaydi. O’yin befoyda,
hatto zararli bo’lishi, ba’zan yomon qiziqishlarni, yomon hislarni qo’zgotishi mumkin.
Tarbiyachi o’yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish
uchun unga muntazam ravishda ta’sir ztib borishi zarur.
Bu vazifani hal yetishda o’yin bolalar bogchasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishning hamma
tomonlari bilan boglangan bo’lishi kerak. O’yinda bolalarning mashgulotlarda olgan bilim va
malakalari aks yetadi va rivojlantiriladi, ular orqali yesa bola hayotga o’rgatiladi. Ikkinchi
tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi.
Pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni. Bolalar bogchasidagi pedagogik jarayonni
maktabgacha yoshidagi bolalarning o’sib kelayotgan yosh organizmi xususiyatlarini e’tiborga
olgan holda ularni yaxshi tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan qilib tashkil yetish
lozim. Buning uchun bolalar hayotini tashkil yetishda o’yin yetakchi o’rin yegallashi lozim.
Bolalar o’yiniga ajratilgan vaqtni mashgulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho’zib
yuborish orqali yegallash mumkin emas.
“Bolajon” dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badan tarbiya, mashgulotlar
o’tkazish bilan bir qatorda o’yin ham kiritilgan. O’yin bolalar hayotini tashkil yetish shakli
sifatida kichik guruhdan (uchinchi yoshdan) boshlanadi.
O’yin yertalab nonushtagacha (15—20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin,
mashgulotlar o’rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o’tkaziladi. yertalab rolli o’yinlar, qurish-
yasash, harakatli (to’p bilan) o’yinlarni tashkil qilish tavsiya yetiladi.
Mashgulot o’rtasida harakatli, qoidali o’yinlar o’tkaziladi. Ular asosan mashgulotning
mazmuniga bogliq bo’ladi.
Ochiq havodagi o’yinlarga yugurish, otish, sirpanish bilan bogliq bo’lgan o’yinlar, qoidali
o’yinlar («Ayyor tulki», «Oq terakmi ko’k terak») kiradi. Shuningdek, qurilish, rolli,: sport
o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar (qum, suv, loy bilan), didaktik o’yinlar,
bolalarning harakatini rivojlantiruvchi o’yinlar, dramalashtirilgan o’yinlar bo’ladi. Tarbiyachi
hamma o’yinlarga rahbarlik qiladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi o’yinlarga qurilish o’yinlari, yertak bo’yicha qo’yiladigan o’yin,
rolli o’yinlar, didaktik o’yinlar va hokazolar kiradi.
O’yinlarning turlari, mazmuni ularni har bir yosh guruhlari bo’yicha tashkil yetishni taqozo
qiladi. O’yin pedagogik jarayonda mehnat va ta’lim, bolalarning boshqa faoliyatlari bilan o’zaro
bogliq holda olib boriladi.
O’yinda bolalar tevarak-atrofdagi voqelikni amaliy jihatdan o’zlashtirib boradi. Bolalar
o’yin jarayonida bilimlarni o’zlashtirish, uni takomillashtirishni asosiy maqsad qilib
qo’ymaydilar, biroq kattalardek harakat qilish, boshqa bolalar bilan aloqaga kirishish, o’yin
vazifalarning jozibadorligi, musobaqa va shunga o’xshashlar bolaning bilimlarini yegallab,
mustahkamlab borishini taqozo yetadi. Bolalar hatto didaktik o’yinlarni ham biron narsani bilib
olish uchun o’ynamaydilar. Ammo o’yin jarayonida bolaning bilimi o’zi sezmagan holda o’z-
o’zidan takomillashib boradi.
Ta’lim jarayonida (mashgulotlarda) bolalarning bilimini shakllantiruvchi aniq maqsad
qo’yiladi. Tarbiyachi bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, ularda o’quv faoliyatining
yeng oddiy malakalarini shakllantirib boradi. Ta’limning xususiyati va mazmuni bolalar o’yinlari
mazmuniga ta’sir yetib, uni rivojlantiradi.
Mashgulotlarda, yekskursiyalarda yegallangan bilimlar bolalarning o’yin faoliyatini,
qiziqishlarini rivojlantiradi.
Ikkinchi tomondan, har xil metodlar bilan o’tkaziladigan mashgulotlarda turli-tuman o’yin
usullaridan ham foydalaniladi. Bunday usullar bolalar diqqatini to’plash, ular idrokini
faollashtirish, bilimlarni to’laroq o’zlashtirib olish imkonini yaratadi.
Pedagogik jarayonda mehnat bilan o’yin o’rtasida umumiylik va farq borligini ham aytib o’tish
kerak. Bolalarning qo’l mehnati o’yin bilan bevosita bogliq. Ayniqsa katta guruh-ga borganlarida
bolalar mavjud o’yinchoqlar bilan o’ynabgina qolmay, yetishmaganlarini o’zlari kattalar
yordamida qogoz, yogoch, karton, tabiiy materiallardan yasab oladilar.
O’yinning mehnat bilan bogliqligi shundaki, bolalar o’zlariniig o’yinchoqlarini har doim avaylab
saqlab boradilar.
Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, kichik
guruhlardagi mehnat faoliyatiga o’yin xususiyatlarini kiritishni taqozo yetadi. Ma’lum
bo’lishicha avval bolalar kattalar mehnat jarayonini qanday bajarganlarini o’zlashtirib olib, keyin
o’z o’yinlarida buni aks yettirar yekanlar, shundan keyingina mustaqil mehnat faoliyatiga o’tar
yekanlar. Bolalar mehnati qiziqarli bo’lishi uchun uni ko’pincha o’yin tarzida o’tkaziladi.
Masalan, maydonchani tozalaganda bolalar axlatlarni zambillarda tashish o’rniga,
mashinalarida tashiydipar, ustaxonada kartonlardan qutichalar yasaydilar. Bolalar o’z o’yinlarida
kattalar mehnatini aks yettirishlari ularda bu mehnatga hurmatni shakllantirib boradi. Bu ham
o’yinnipg mehnat bilan bogliqligiga misol bo’la oladi.
Shunday qilib, o’yin yaxshi yo’lga qo’yilgan pedagogik jarayonda bolalarning butun hayotini
qamrab oladi va uning qiziqarli o’tishini ta’minlaydi.
Bolalar o’yinining o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning
faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks yettiradi.
O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro stantsiyasi, temir yo’l vagoni bo’lishi
mumkin va h. k.
Bolalar o’yinining yana bir xususiyati — uning havaskorlik tarzida bo’lishidir (xususiy faoliyat).
Bu uning tashqi belgilari bo’lmay, balki haqiqiy mohiyatidir.
O’yinning ijodkori, yaratuvchisi — bolalardir. Ular o’yinda o’zlariga tanish bo’lgan hayotiy
voqea va hodisalarni ularga bo’lgan munosabatlarini aks yettiradilar.
Bolalar o’yinining yana bir o’ziga xos xususiyati — unda harakat, so’z va obrazlarning o’zaro
boglanib ketishidir. O’yinda bola o’zi aks yettirayotgan qahramonning his-hayajoni,
kechinmalari, harakatlari bilan yashaydi. Shuning uchun ko’pincha uning ismini aytib
chaqirishganda, u javob bermay, shunday deydi: Men «Komil emasman, kapitanman». Shunda
tarbiyachi: «O’rtoq kapitan, sizning kemangiz yaqinda dengizga chiqadi. Matroslar kuchli va
soglom bo’lishlari kerak. Ularni jismoniy mashqqa saflantiring», deydi. Shunda kapitan savlat
bilan xursand holda: «Badan tarbiyasiga saflaning», deb komanda beradi.
Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi
tasvirlayotgan qahramon bilan muloqat o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-
hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga yega. Nutq orkali bolalar fikr almashadi, o’z
his-tuygu, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar
o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo’lishga
yordam beradi.
O’yinda obraz, o’yin harakati, so’z o’zaro boglanib, o’yin faoliitining asosiy negizini tashkil
yetadi, borliqni aks yettirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoka kattalar tomonidan taklif yetilgan
o’yinning goyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil
yetuvchi qirralardir.
O’yinning goyasi — bu nima o’ynashni belgilab olish: «do’kon», «shifoxona»,
«uchuvchilar», «ona-bola» («Oila»), «bolalar bogchasi» va shunga o’xshashlar. O’yin
mazmuniga, goyasiga, qarab bolalariing bunday o’yinlarini bir necha o’ziga xos guruhlarga
bo’lish mumkin:
a) maishiy turmushni aks yettiruvchi o’yinlar («oila», «bolalar bogchasi», «shifoxona»
b) kishilarning yaratuvchilik mehnatini aks yettiruvchi o’yinlar (metro qurilishi, dehqonlar
mehnati, uy, korxonalarning qurilishi va h. k.);
v) ijtimoiy voqealarni, an’analarni aks yettiruvchi o’yinlar (bayramlar, namoyishlar,
sayohat; mehmonlarni kutish.
O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqealar aks
yetishi ham mumkin. Goya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi bo’lib, uning rivojlanishini, o’yin
xarakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro boglanishini belgilab beradi.
O’yinning qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday , ishtirok yetishlari o’yin
mazmuniga bogliq. O’yinda bola ijro yetadigan rol’—o’yinning asosiy o’zagi va tarkibiy
xususiyatidir. Shuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan. Bola
olgan roliga qarab, o’sha obrazga kirib ketadi va uning rostligiga ishonadi.
Dostları ilə paylaş: |