Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining yeng 

sevimli  bayramidir. Unda  chiroyli  bezatilgan archa,  quvnoq kuy, qo‘Shiq va  o‘yinlar  Qorbobo, 

Qorqiz va turli yertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok yetib, bolalar bilan xursandchilik 

qiladilar. 



Navro‘z  bayramida  uyg‘onayotgan  borliq,  tabiat  ulug‘lanadi.  Qadriyat,  urf-odat 

udumlarini  aks  yettiruvchi  mazkur  bayram,  tabiat  uyg‘onishi,  yangi  mehnat  mavsumining 

boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlaShtirish, mehnatni 

ulug‘laSh kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam yetadi. Qo‘Shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar 

va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha Sharoitidan kelib chiqqan holda, 

zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin. 

Qadimda  Sharq  xalqlari  o‘z  sayllariga  odamlarni  karnay-surnay  orqali  chorlaganlar. 

Shuning  uchun  bayramning  tantanali  qismida  milliy  cholg‘u  asboblardan  yoki  fonogrammadan 

foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘Shiqlar yangraydi. 

8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va 

ulkan  muhabbatlarini  qo‘Shiq,  She’r,  raqs,  o‘yinlarida  ifodalaydilar.  Ularning  mehnatlarini 

ye’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim yetadilar. Ular 

uchun  katta,  o‘rta  va  kichik  guruhlarda  konsert  uyuShtiriladi.  Bayram  uchun  to‘g‘ri  tanlangan 

qo‘Shiq,  musiqa,  sahna  ko‘rinishlari  bolalarda  xuShchaqchaq  kayfiyat  tug‘dirishda  katta 

ahamiyatga  yega.  Ular  bayramning  umumiy  xarakteriga,  mazmuniga  mos  bo‘lishi  kerak.  Agar 

bog‘chada  xalq  cholg‘u  asboblaridan  tuzulgan  bolalar  ansambli  bo‘lsa,  uni  ham  bayram 

dasturiga kiritish kerak. 

Buyuk  siymolar  tavallud  topgan  kunlar  uchun  badiiy  musiqiy  nafosat  soatlarini  tashkil 

yetish,  bolalarda  milliy  g‘urur  tuyg‘ularini  Shakllantirib  boradi.  Ularning  rasmlarini  ko‘rsatib, 

buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish yesa 

bolalar ma’naviyatini oShiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yaShaydigan 

barcha  millat  va  xalqlarning  urf-odatlari,  qo‘Shiq  va  o‘yinlari  bilan  tanishtirish  hamda  ularga 

nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin yegallaydi. 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin