“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”
(bayram ertaligi ishlanmasi)
Bayram ertaligining maqsadi: Bolalarni mustaqil O’zbekiston haqidagi tasavvurlarini
boyitish, kichkintoylar qalbida o’z Vataniga, ona xalqiga, shu bilan birga, butun insoniyatga
mehr-muhabbat uyg’otish.
Ishtirokchilar: katta va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari
Kerakli jihozlar: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i, sharlar, rangli lentalar,
bayroqchalar, rangli qog’oz yoki matolar.
O’tkazish joyi: Maktabgacha ta’lim muassasa hovlisi.
Boshlovchi:
—
Mustaqil diyormiz, millat, Vatanmiz.
Yurt ishqi, xalq, mehri qalbda namoyon.
Onam - O’zbekiston, bir jonu tanmiz,
Ulug’ Istiqloling qutlaydi jahon.
Hurmatli mehmonlar va kasbdoshlar! Bugun sizlar bilan vatanimiz mustaqilligining 26
yilligini tantanali bayram qilish uchun yig’ildik. Barchangizni ushbu bayram bilan tabriklagan
holda davraga jajji kichkintoylarni taklif etaman.
Musiqa sadosi ostida bolalar qo’llarida kaptarlar va sharlar bilan kirib keladilar va
musiqiy kompozitsiyani namoyish etadilar.
Dostları ilə paylaş: |