Bolalar bilan o’yin o’tkaziladi, bayroqni yasash.
(tarbiyachining ixtiyoriga ko’ra rangli matolardan yoki rangli qog’ozlardan)
Boshlovchi:
Bugun katta bayram O’zbekiston respublikasi o’z mustaqilligiga
erishgan kun. Mustaqilligimiz bugun 26 yoshga to’lgan kun. Barchangizni ushbu bayram bilan
chin qalbimizdan tabriklagan holda, bayramga tayyorlangan kuy qo’shiqlar va she’rlardan
bahramand bo’ling...marhamat...
Bola: O’zbekiston
O’zbekiston─
Nurli bo’ston,
Noming sening─
Tilda doston.
Jahon ichra
Yagonasan,
Xalqing ulug’,
Mardonasan.
(Maxmudjon Dadaboev)
Avaz Mansurovning “VATAN” qo’shig’i ijro etiladi
Bola:
Kenja avlod qo’shig’i
Lim─lim to’ldi baxt jomi
Yetdik dorul zamonga
Xumodek “O’zbek”nomi
Qanot yoydi jaxonga.
Istiqlol─Ozod vatan
Quyoshiga tashakkur!
“Sog’ bo’l, avlodim!”degan
Yurtboshiga tashakkur!
(Ma’mur Qahhor she’ri)
|