Bola : Namanganu, Andijoning ,Farg’onang bor sening shoning .
Yashnamoqda to’rt tomoning ,paxta maydon oltinga kon .
O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Yozyovonning cho’llari bor , bog’u – bo’ston yerlari bor .
Burgutlari baland parvoz , o’tadi yoz juda ham soz .
O’zbekiston , O’zbekiston !
Boshlovchi: Barakalla. Xozir bolajonlarimiz ijrosida turli viloyatlarning chiroyli raqslarini
tomosha qiling.
Raqs “Terma”.
Buxorocha raqs, Xorazm “Lazgisi”, “Andijon polkasi” va x.k.
(musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra)
Bola: Har doim bo’lsin quyosh, koinot gulga to’lsin.
Vatanimiz qo’ynida, xalqlar shod omon bo’lsin
Har doim bo’lsin quyosh, Vatan nurlarga to’lsin .
Istagimiz yagona, tinchlik barqaror bo’lsin .
Qo’shiq «Aziz bo’ston»
Dilorom Omonullaeva musiqasi. Mirpo’lat Mirzo she’ri
Boshlovchi: Porloq diyorimizning ertangi kun soxiblari. Mana bayramimiz ham o’z nixoyasiga
yetay deb qoldi. Bolalar, biz yaxshi va tinch yashashimiz uchun, osmonimiz musaffo, yerimiz
go’zal, gullar va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi, ariq va daryolarimizda
suvlar oqib turishi uchun doim ona tabiatimizni asrashimiz, unga to’g’ri munosabatda
bo’lishimiz lozim. Men sizlarni O’zbekistonning mustaqillik bayrami bilan yana bir bor
tabriklayman.
Yakunlovchi musiqiy kompozitsiya ijro etiladi
Yuzduz Usmonovaning “O’zbekiston” qo’shig’i, Muhammad Yusuf she’ri
NAZORAT SAVOLLARI
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o’yin kulgi kechalari.
2.Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida
foydalanish.
3.Musiqa mashg’ulotlarda fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida
ishlash.
4.Bayram va tadbirlar stsenariysini ishlab chiqish va o’tkazish
5.Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramini tashkil etish
6.Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida
foydalanish uslubiyoti
7.Bayram ertaliklari stsenariylarini tuzish.
8.Bolalarning qo’shiq aytishlari, raqsga tushishlari va she’rlarni yoddan atish
metodikasini shakllantirish
9.Maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari va tarbiyachi pedagoglari ijodiy
yondoshuvi