Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: 3- sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, 3-maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz” hamda Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish” mavzularidagi ma’ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o’rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir.[1]
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqаrolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz” degan fikr muloxazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchlari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |