37
qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish
qoidasiga mos keladigan
maktab, Ra'no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovush ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf sing-
lim, ko'ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi,
yoki si-ngil, ko'-
ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak. (Bir tovushni
ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi.) Keyingi qoida esa aka, ota, osha,
mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada kuprok mashq bilan o'rgatish va
mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi
sinflarda yangi murakkabroq
so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.
38
XULOSA
Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada
mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay
darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan
dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish
orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin.
O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib
boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan
fazilatlardan biridir.
O'quvchilarni yozishga o’rgatishga bag'ishlangan ushbu bitiruv malakaviy
ishimda men ana shu masalani ko'rib chiqdim. Unda asosan o'quvchilarni yozishga
o'rgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga o'rgatish usullari va boshqa
masalalarga e'tibor berildi.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda
boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va
tavsiyalarni
taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha
yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish
kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishda
pedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda
bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus
o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini
oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu
1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
Oquvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali
samaradorlikka erishishimiz mumkin:
-
bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos
munosabatda bo'lish;
- dars jarayonida, darsdan keyingi mashg'ulotlarda
bolaning doimo yaxshi
kayfiyatda
bo'lishini ta'miniashga;
-
oquvchilar yozish jarayonida eng ko'p yo'l qo'yayotgan xatolarga e'tibor